Ijtimoiy tarmoqlar:
MUSTAQILLIK MUBORAK

1 sentabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi barpo etilgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo‘lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili keng nishonlanib kelinadi.

Shu munosabat bilan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi barcha vatandoshlarimizni Mustaqilligimizning 28 yillik tantanasi bilan samimiy muborakbod etadi.

Go‘zal va betakror mamlakatimizda, har bir oilada, xonadonda tinchlik va farovonlik hukm sursin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi axborot xizmati

01.09.2019