Ijtimoiy tarmoqlar:
Markaz xodimlari “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasida ishtirok etishdi

Yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan o‘tkazilayotgan “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasiga yangi o‘quv yili boshlanishi bilan yana start berildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbar va xodimlari o‘zlari ta’lim olgan maktablarga tashrif buyurib, o‘quvchilar bilan "Mustaqillik soati"ni tashkil etdilar.

Jumladan, Toshkent shahri Sergeli tumani 55-maktabda “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Xazrat Jabborov ishtirokida o‘tkazildi va unda maktab kutubxona fondiga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan chop etilgan “Barhayot ajdolarimiz”, “Yoshlarga donolar o‘giti” kabi kitoblar sovg‘a qilindi.

Bundan tashqari, Markaz xodimi Qaxorova Munira ishtirokida Namangan viloyati Uychi tumani 33-maktabda “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi o‘tkazildi va unda maktab kutubxonasiga 275 ta kitob sovg‘a qilindi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati

05.09.2019