Ijtimoiy tarmoqlar:
SIRDARYO VILOYATIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISH BO‘YICHA "YO‘L XARITASI" ISHLAB CHIQILDI

Sirdaryo viloyatida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra viloyatning har bir shahar va tumanlarida 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 50 nafar oilalarga "Yosh ota-ona kitobi", 198 ta maktabgacha ta’lim muassasalariga esa 3-7 yoshgacha bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha "Baxtli bola ma’naviyati" kitoblarini taqdim etilishi belgilangan.

Mazkur "Yo‘l xaritasi"dagi bandlar ijrosini ta’minlash hamda tayinlangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbariga Markaz tomonidan "Yosh ota-ona kitobi" va "Baxtli bola ma’naviyati" qo‘llanmalaridan 250 dona taqdim etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati

11.09.2019