Ijtimoiy tarmoqlar:
QORAQALPOG‘ISTONDA “MA’NAVIYAT FESTIVALI” O‘TKAZILADI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida joriy yilning 18-19 sentabr kunlari qoraqalpoq va o‘zbek xalqi ma’naviy-madaniy merosining o‘ziga xos xususiyatlari, mushtarak jihatlari, ma’rifiy ahamiyatini yoritish hamda aholi o‘rtasida mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan dolzarb islohotlarning, bunyodkorlik ishlarining mazmun mohiyatini targ‘ib etish, ichki turizmni rivojlantirish, zamonaviy texnologik vositalardan samarali foydalangan holda milliy qadriyatlar, tarixiy obidalar haqida ma’lumot berib, ularning targ‘ibot-tashviqotini kuchaytirish maqsadida “Ma’naviyat festivali” o‘tkaziladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati

11.09.2019