Ijtimoiy tarmoqlar:
HUNARMANDNING UY-MUZEYIGA KITOBLAR TAQDIM ETILDI

Farg‘ona viloyati Rishton tumani Jalayer qishlog‘ida yashagan viloyat kengashi deputati, "Do‘stlik" ordeni sohibi, milliy hunarmandchiligimiz ustasi Tohir Haydarovning uy muzeyida tashkil etilgan kutubxonaga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va "Milliy tiklanish demokratik" partiyasi tomonidan kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Tantanali ravishda topshirilgan kitoblar ustaning kutubxonasidan joy oldi. Endilikda ushbu kutubxonadan rishtonlik yoshlar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati

11.09.2019