Ijtimoiy tarmoqlar:
TIL - MILLAT G‘URURI VA FAXRI

Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyat bo‘limi tomonidan Buxoro Yuridik va Turizm kollejida “Til-millat va Vatan timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirda til – millatning faxri, g‘ururi, qiyofasining bir bo‘lagi ekanligi hamda mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq 1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ushbu sana mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylangani, shu bilan bir paytda tilimizning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlash, yuksaltirish uchun ham beqiyos imkoniyati yaratilgani xususida fikrlar bildirildi. Darhaqiqat har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Til-millatning borligini, uning tarixi haqida ma’lumot beruvchi vosita hamdir. Ayni damda orzu umidlarimiz, istiqlolimiz, qalbimiz oynasi hamdir. Shuning uchun, ona tilimizga doimo hurmat va e’tiborda bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur lozim.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Axborot xizmati

04.10.2019