Ijtimoiy tarmoqlar:
OILALARGA MA’RIFAT ULASHIB

Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Toshkent shahar Shayxontohur, Chilonzor, Sergeli, Mirobod tumanlarida aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Oilalarga ma’rifat ulashib” aksiyasi o‘tkazildi.

Loyiha davomida tumanlarda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p farzandli oilalarga Markaz xodimlari tomonidan badiiy-ma’rifiy adabiyotlar va barkamol farzand tarbiyasi uchun muhim metodik qo‘llanmalar taqdim qilindi. Kitob inson tafakkurini rivojlantiruvchi muhim vosita ekanligi, kitobxonlik borasida yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan qizg‘in suhbatlar olib borildi.

05.10.2019