Ijtimoiy tarmoqlar:
O‘ZBEK TILI MAVZUSIDA INSHOLAR TANLOVI O‘TKAZILADI

“Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, joriy yilning oktabr oyida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 30 yilligi mamlakatimizda keng nishonlanadi. Qaror bilan ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi va o‘tkaziladigan ommaviy ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Tashkiliy qo‘mitaga tadbir o‘tkazilishi bilan bog‘liq qator vazifalar yuklatildi. Xususan, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tili mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi. Shuningdek, 21 oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi san’at saroylarida Qonuni qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirlarini tashkil etiladi.

08.10.2019