Ijtimoiy tarmoqlar:
Tajovuzkor "madaniyat" tahdidi

Odamlar, ayniqsa, yosh avlod qalbi, ongi va tafakkuri uchun kurash avj olgan, ma’naviy tarbiya har qachongidan ko‘ra dolzarblashgan bugungi globallashuv sharoitida ta’lim maskanlarida turli ko‘rinishdagi tahdidlar, vayronkor g‘oyalardan ogoh etib, ularda g‘oyaviy immunitetni rivojlantirish keng jamoatchilikning vazifasi hisoblanadi.

Kuni kecha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 26-umumta’lim maktabida “Ommaviy madaniyat va uning salbiy oqibatlari” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va uning Yakkasaroy tumani bo‘linmasi xodimlari, tuman deputati, imom xatib, tuman IIB xodimi, Yoshlar ittifoqining tuman bo‘linmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirda “Ommaviy madaniyat” tushunchasi, uning ko‘rinishlari, salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchi-yoshlar ham ushbu tajovuzkor madaniyatning oldini olishda avvalambor, o‘zlikni anglash, ilm olish, milliy-ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik katta ahamiyat kasb etishi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

 

19.04.2018