Ijtimoiy tarmoqlar:
USTOZ MUHАMMАDJON QURONOV — “MА’NАVIY-MА’RIFIY ISHLАR А’LOCHISI”

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tizimidagi fidoyi mehnatlari uchun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining birinchi oʼrinbosari, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


Аyni shu munosabat bilan bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida Markaz rahbari o‘rinbosarini tabriklash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Unda Markazning barcha bo‘lim boshliqlari va faol xodimlar ishtirok etdi. 

Markaz rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” degan e’tirof bilan Muhammadjon Quronovni qutlab, butun jamoa va ushbu tizimda mehnat qilayotgan barcha ma’naviyat va ma’rifat fidoyilari nomidan tabrikladi.

 

22.01.2020