Ijtimoiy tarmoqlar:
TURON KUTUBXONASIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2019-yil so‘ngida poytaxtimizning Аbdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida o‘zbek romanchiligining asoschisi, deya e’tirof etilgan adib Аbdulla Qodiriy ijod maktabi hamda adib muzeyi va Turon kutubxonasi ochilib, faoliyatini boshladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Turon kutubxonasida adib hayoti va ijodi, shuningdek, muzey va kutubxona faoliyati bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir O‘ktam Mirzayor, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida adib hayoti va o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir so‘ngida talabalar uchun muzey va kutubxonaga sayohat uyushtirildi.

 

23.01.2020