Ijtimoiy tarmoqlar:
ALISHER NAVOIYGA EHTIROM

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yonidagi maydonda mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda xorijlik mehmonlar, yurtimizdagi vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyot ixlosmandlari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Alisher Navoiy nafaqat shoir, tarjimon, tilshunos olim, balki davlat arbobi sifatida ham tarixda katta iz qoldirgan. U milliy ma’naviyatimiz, adabiyotimiz, ona tilimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk shoirdir. Mamlakatimizda Alisher Navoiy ijodini o‘rganish bo‘yicha so‘nggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib bordi. Bugungi kunda ham Alisher Navoiyning merosi ko‘pgina olimlarimizni ilhomlantirib kelmoqda. Hozirda ma’muriy hududlar, xiyobonlar, ko‘chalar buyuk shoir nomi bilan yuritiladi. Uning nomida O‘zbekiston Davlat mukofoti ham tasis etilgan.

Alisher Navoiy jahon madaniyatining mumtoz vakillari safidan o‘rin egalladi. Navoiy asarlari jahondagi yuzlab tillarga tarjima qilindi. Dunyo ahli uning merosi bilan qiziqmoqda, asarlarida tarannum etilgan olijanob g‘oyalar va falsafiy mulohazalardan zavq olmoqda.

Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi xodimlari ham ishtirok etib, buyuk shoirga o‘z hurmat va ehtiromini izhor etishdi.

 

09.02.2020