Ijtimoiy tarmoqlar:
“Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ga bag'ishlangan konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari boshqaruv apparatida Uzluksiz manaviy tarbiya Konsepsiyasining mazmun-mohiyatiga bagishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri yurtdoshlarimizninf farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, vatanparvarlik tuyg‘ularini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning samarali usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish hisoblanadi. Tadbir jarayonida “Uzluksiz ma’naviy tarbiyada “Yosh ota-ona kitobi”ning ahamiyati, “Farzand tarbiyasida kitobning o‘rni” mavzularida so‘z yuritildi. DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda “Baxtli bola ma’naviyati” kitobining pedagogik va psixologik xususiyatlari to‘g‘risida qizg‘in baxs-munozara, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarda vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet, mehr oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tadbirkorlik, irodalilik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni go‘daklikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning asosiy vazifalardan biridir. Konferensiya jarayonida bu borada oldimizda turgan vazifalar xususida birma-bir to‘xtalib o‘tildi.

 

19.02.2020