Ijtimoiy tarmoqlar:
#vahimasizkarantin #10kunga_10alloma #Ibn_Sino

Ibn Sino 980 yili Buxoro yaqinidagi qishloqda tug‘ilib, yoshligi Afshonada o‘tadi. So‘ng uning ota-onasi Buxoroga ko‘chib keladi va u Buxoroda mavjud bo‘lgan ilmiy muhit ta’sirida ko‘p fanlar bilan qiziqib shug‘ullanadi.

⚡️⚡️ U yoshligidanoq iste’dod va kuchli xotira egasi bo‘lib, atrofdagilarni hayratga soladi. Uning yozishicha, kunlarning birida u bozorda Abu Nasr Forobiyning yunon faylasufi Aristotel qalamiga mansub «Metafizika» asari hakidagi risolasini uchratib qoladi va uni tezda o‘qib chiqadi hamda avvalgi asarlarni mutolaa qilish jarayonida paydo bo‘lgan juda ko‘p savollariga javob topadi.

Ushbu ilm xazinasiga tayanib, o‘zining falsafa, tabobat va tabiat ilmlariga bag‘ishlangan «Kitob ash-Shifo» (Shifo kitobi), «al-Konun fi-t-tibb» (Tib konunlari), «Kitob an-najot» (Najot kitobi), «Donishnoma» (Bilimlar kitobi) kabi yirik asarlarini yaratdi.

#Uyda_qoling #vahimasizkarantin

#Uyda_qolamiz_va_mutolaa_qilamiz

#Biz_koronavirusni_yengamiz

#Biz_barcha_tavsiyalarga_amal_qilamiz

#Uyda_qolib_iqtidoringni_namoyon_qil

 

27.03.2020