Ijtimoiy tarmoqlar:
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati bilan “Amir Temur” oyligi e’lon qilindi (#E'lon)

9 aprel - buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shu munosabat bilan “Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” shiori ostida “Amir Temur oyligi”ni o‘tkazadi.

Oylik davomida quyidagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi:

- Amir Temurning davlat boshqaruvi, sarkardalik mahorati, dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi, bunyodkorlik ishlariga jahon jamoatchiligining munosabatini aks ettiruvchi “Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” va “Amir Temur dunyo adiblari nigohida” nomli onlayn targ‘ibot aksiyalari;

- Aholi, harbiy askarlar, “Temurbeklar maktablari”, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” onlayn tanlovi;

- Sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” mavzusida onlayn asosda ilmiy-uslubiy konferensiya;

- Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan holda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Sohibqiron yog‘dusi” ijodiy ishlar tanlovi;

- Ijtimoiy tarmoqlarda “Amir Temur – buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda” shiori ostida Sohibqironning hayoti, davlat boshqaruvi san’ati va sarkardalik mahorati bilan bog‘liq ma’lumotlarni joylashtirish;

 

Eslatma: Ushbu oylikda faol ishtirok etgan hamda tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritigan yurtdoshlarimizga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, uning hududiy bo‘limlari tomonidan qiziqarli kitoblar to‘plamlari sovg‘a qilinadi.

06.04.2020