Ijtimoiy tarmoqlar:
“Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” (#E'lon )

AXBOROT XATI

Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Qarshi davlat universiteti, “Shahrisabz” davlat muzeyi qo‘riqxonasi hamkorligida sohibqiron Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati bilan 2020 yil 30 aprelda “Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” mavzusida online tarzda ilmiy-uslubiy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. (Ushbu konferensiya global pandemiya sharoitida o‘tkazilayotgani tufayli barcha faoliyat faqat online shaklda amalga oshiriladi).

2020 yil – “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan ushbu online konferensiya doirasida Amir Temur va temuriylar davrida milliy davlatchilik va boshqaruv tarixi, shaharsozlik madaniyati va ilm-fan taraqqiyoti, xalqaro munosabatlar rivoji bilan bog‘liq ilmiy masalalar ko‘rib o‘tiladi.

Tashkiliy guruh tomonidan tanlab olingan sara maqolalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda hamkor tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylanadi, “Sohibqiron yulduzi” jurnalining maxsus sonida nashr etiladi. Online konferensiya materiallarini karantin muddati tugagach to‘plam holida to‘liq chop etish rejalashtirilgan.

Konferensiyada quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy maqolalar qabul qilinadi:

  1.  Amir Temur – Buyuk Turon saltanati, Sharq renessansi yangi davri asoschisi.
  2.  Amir Temurning davlatchilik va boshqaruv tizimi sohasidagi islohotlari.
  3.  “Temur tuzuklari” – Amir Temur davrida davlatchilik va boshqaruv tarixi bo‘yicha muhim manba.
  4.  Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy hayot, ichki va tashqi savdo aloqalari.
  5.  Amir Temur va temuriylar davrida fan va madaniyat rivoji omillari.
  6.  Amir Temur va temuriylar davrida shaharsozlik, me’morchilik, bunyodkorlik.
  7.  Amir Temur va temuriylar davrida xalqaro aloqalar rivoji.
  8. O‘zbek xalqining milliy qahramoni Amir Temur siymosining yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati.

Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tili. Konferensiyada OTM professor o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar ishtirok etishi mumkin.

Maqolalarga qo‘yiladigan talablar: Maqola matnining elektron nusxasi MSWord/rtf dasturidaTime New Roman formatida,14 shriftda, 1 intervalda, 3-5 bet hajmda bo‘lishi lozim.

Matn boshida sarlavhadan pastda muallifning ismi va familiyasi, ma’lumotlari (ilmiy darajasi, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron pochta manzili) yoziladi, o‘zbek rus, ingliz tillarida annotatsiya va kalit so‘zlar keltiriladi.

Varaqdagi matnning chegaralari: yuqoridan 2,5 sm., pastdan 2,5 sm., o‘ngdan 2,5 sm., chapdan 3,0 sm.

Ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish istagida bo‘lganlar maqolalarni 2020 yil 25 aprelgacha quyidagi elektron manzillariga taqdim etishlari mumkin:

 

Elektron manzil: hushnab@mail.ru

 

Telegramm: tel :+998939307930 (Sherzod)

 

Murojaat uchun: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, tel: 75-221-05-50; QarshiDU, Ijtimoiy fanlar fakulteti; tel:+998939377739,

 

Konferensiya tashkiliy guruhi:

 

Hakamlar hay’ati raisi:

O‘ktam Mavlonov – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori

A’zolari:

Akmal Sultonov – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i

Poyon Ravshanov – Qarshi davlat universiteti professori

Bahodir Eshov – Qarshi davlat universiteti tarix fakulteti dekani, professor.

Ochil Bo‘riev – Qarshi davlat universiteti professori, “Sohibqiron yulduzi” jurnali bosh muharriri

Bahodir Mamadiev – Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori

Nabi Xushvaqtov – Shahrisabzdagi Amir Temur muzeyi direktori

Lola Saodatova – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari

 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi

11.04.2020