Ijtimoiy tarmoqlar:
SIZNING JASORAT VA MATONATINGIZ DOIM QALBIMIZDA!

Bugun butun insoniyat Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning - 75 yilligini nishonlash arafasida turibdi. O‘zbekistonda ham bu sanaga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Negaki, yovuzlik ustidan ezgulikning g‘alaba qozonishida O‘zbekistonning mard farzandlari, mehnatkash xalqining ham alohida hissasi bor.

Bugungi kunda Vatanimiz “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilmoqda.Tarixdan saboq olish, kelajakni belgilashda muhim o‘rin tutadi. Kechagi kundan xulosa chiqargan avlodning bugunida xatolar bo‘lmaydi, yuradigan yo‘li aniq, tashlaydigan odimlari ishonchli bo‘ladi.

O‘zbekistonda urush yillarida 6,5 million xalq yashagan bo‘lsa, shuning
1,5 milliondan ko‘prog‘i urushda qatnashgan. Qariyb yarim million yurtdoshimiz shu urushda halok bo‘lgan. Urush boshlanishi bilan front hududlaridan O‘zbekistonga ko‘chirilgan 1 millionga yaqin oila va bolalarni bag‘rikeng xalqimiz qabul qilgan.

Urush boshlangan paytda O‘zbekistonimiz aholisi 6,5 million kishiga yaqin bo‘lgan bo‘lsa, shundan 1,5 million kishi, ya’ni qurol ko‘tarishga qurbi yetadigan odamlar urushda qatnashgan. Ularning orasidan 500 mingdan ko‘prog‘i jang maydonlarida halok bo‘lganini, yana qancha-qanchasi mayib-majruh bo‘lib qaytgani, qanchasi bedarak yo‘qolganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu g‘alaba bizga naqadar qimmatga tushgani o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida yurtimizda juda katta tashkiliy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Faxriylarimiz munosib hayot kechirishi uchun davlatimiz tomonidan ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, bugun ular tufayli mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda, hayotimiz farovon. Jang maydonlarida jon bergan, urushdan qaytmaganlarni eslash, bugun oramizda sog‘-salomat hayot kechirayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bizning muqaddas burchimizdir.

 

 

S. Yakupbekova,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Olmaliq shahar bo‘linmasi rahbari

01.05.2020