Ijtimoiy tarmoqlar:
O‘z bolangni o‘zing asra

Yurtimizda yoshlarning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari, o‘z iqtidor va qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ta’lim-tarbiya muassasalari bilan ishlash bo‘limi ham yoshlarni jamiyat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan va mamlakat kelajagini belgilovchi katta iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy kuch, deb hisoblaydi.

Bugun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 112-sonli umumta’lim maktabida “O‘z bolangni o‘zing asra” mavzuida uchrashuv tashkil etildi. Samimiy muloqot tarzida, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida bugungi farovon turmushimiz, tinch-osuda hayotimizni asrashga barchamiz mas’ul ekanligimizni, ayniqsa, yoshlar ongiga chuqur singdirish zarurligi qayd etildi. Biz uchun oliy ne’mat bo‘lgan Mustaqillikning qadr-qimmati, hur va obod, tinch-osoyishta yurtimizda kamol topayotgan yoshlarning orzu-maqsadlari, erishgan muvaffaqiyatlari, istiqlol farzandlarining yuksak ma’naviyati faollarining quyidagi dil so‘zlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.

 

 

19.04.2018