Ijtimoiy tarmoqlar:
TАRIXIMSАN, TАQDIRIMSАN, KELАJАGIMSАN, ONА TILIM

 

Poytaxtimizdagi Аdiblar xiyobonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish Departamenti, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bojxona instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda 21 oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “TАRIXIMSАN, TАQDIRIMSАN, KELАJАGIMSАN, ONА TILIM!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan adabiyotshunos olimlar, yozuvchilar har bir xalqning o‘zligini namoyon etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlari ichida eng yuqori darajada turuvchi vosita bu til ekanini ta’kidladi.

Tiriklik uchun toza havo bilan quyosh nuri, nonu suv qanchalik hayotiy zarurat bo‘lsa, millatning yashashi va ravnaq topishini ham ona tilisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

“Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni kabi bir qator huquqiy asoslarning yaratilishi ona tilimizning nufuzi oshib, lug’aviy boyishida yanada mustahkam zamin yaratadi.

Tadbirda til – har bir millatning eng qadrli boyligi, uning ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita ekani, tilning davomiyligini, umrboqiyligini unda so‘zlovchilarning milliy g‘ururi, kuch-qudrati, adabiyoti va san’ati belgilashi alohida ta’kidlandi.

 

28.10.2020