Ijtimoiy tarmoqlar:
YANGI O‘ZBEKISTON — YANGICHA DUNYOQARASH

 


 Insonni yangicha tashabbus va ezgu g‘oyalar sari undovchi ushbu shior ostida Marg‘ilon shahridagi 8-bolalar Musiqa va sanʼat maktabida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbiri yurt koriga kamarbasta bo‘lish istagida yurgan kishilar ko‘ngliga chinakam maʼnaviy ozuqa bera oldi.


 Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, Toshkent Davlat Yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov, Fargʼona Davlat Universiteti rektori Ravshan Maqsudov, viloyat hokimi oʼrinbosari Fayzullo Qosimovlar ishtirok etdi.


 Unda so‘z olganlar o‘tkazilayotgan mazkur tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni aholi orasida targ‘ib qilish, xalqimiz kayfiyatini ko‘tarish, fuqarolarda islohotlarga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini mamnuniyat ila eʼtirof etib o‘tdilar.
 Oʼzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ijrosida yangragan sheʼr va kuy-qoʼshiqlar jarangi ishtirokchilarga koʼtarinki kayfiyat ulashdi.

11.11.2020