Ijtimoiy tarmoqlar:
VATANIMIZ BAYROG‘I — FAXRIMIZ, G‘URURIMIZ!

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Vatanimiz bayrog‘i — faxrimiz, g‘ururimiz!” shiori ostidagi festival 18-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkentdagi “Ashxobod” bog‘i oldidagi ulkan bayroq yonidan boshlandi. Unda Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo‘linmalar, mototsikllarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanib, “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yonida yig‘ildi. So‘ngra “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldida harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, san’atkorlarning konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.

18.11.2020