Ijtimoiy tarmoqlar:
Adabiyot durdonalaridan bir tomchi

“Kitoblarni yoqib yuborish ogʻir jinoyat, biroq dunyoda undan-da ogʻirroq jinoyat bor, u – kitob oʻqimaslik”, degan edi donishmandlardan biri. Kitob oʻqish insonning maslahatchisi, fikrlash quroli, aql qayrogʻi va muvaffaqiyat kalitidir.

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobga, uni targʻib qilishga, oʻqish va oʻqitishga boʻlgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Bunga birgina misol davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3271-son qarori misolida ham koʻrish mumkin.

Shu nuqtai nazardan bugungi kunda barcha nashriyotlarda kitobxonlarga manzur boʻladigan, eng sara kitoblarni nashr etish yoʻlida salmoqli ishlar qilinmoqda. Shu jumladan, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 44 jilddan iborat maktab darsliklarida mavjud boʻlgan eng sara badiiy adabiyotlar "Xrestomatiyasi”ni yangidan chop etilgani ham soʻzimizning isboti. Mazkur kitoblar keng oʻquvchilar ommasi uchun moʻljallangan. Jahon va oʻzbek adiblarining ijodlaridan bahramand boʻling! Oʻqib, siz ham zavqlaning!

Farangiz Ne'matova

 

27.11.2018