Ijtimoiy tarmoqlar:
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida

Memorandum

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamdaO‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi o‘rtasidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida” 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-son Qarori, “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5148-son 2017 yil 11 avgustdagi Farmoni,“Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 14 sentyabrdagi PQ-3271-son Qarori,“O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 17 avgustdagiPQ-3223-sonli Qarorlarihamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yor va tamoyillariga tayangan holda quyidagilarga kelishib oldilar:

I. Hamkorlikning maqsad va vazifalari:

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamdaO‘zbekiston matbuot va axborot agentligibugungi kunda yurtimizdademokratik, huquqiy, insonparvar jamiyat barpo etish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, yoshlarning internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash, yoshlarning kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, aholining keng qatlamlari o‘rtasida milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini yoritib berishga qaratilganma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaa, kutubxonachilik, axborot-resurs sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, mamlakatimiz milliy media maydonida sog‘lom raqobat muhiti, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini shakllantirish, joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, uslubiy yordam ko‘rsatish, ularning ishini prinsipial jihatdan kuzatish, baholash, tahlil qilib borish, zarur hollarda qo‘llab-quvvatlash yoki iqtisodiy, huquqiy choralarni qo‘llash kabi amaliy mexanizmlarni joriy etish borasida yaqindan hamkorlik qiladilar.

II.Hamkorlikning yo‘nalishlari:

Ma’naviy-axloqiy ishlarni kuchaytirish va fuqarolarni vatanparvarlik, konstitutsiya va qonunlarga hurmat hamda itoatkorlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini shakllantirish;

kitob targ‘iboti orqali xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik an’analarini keng targ‘ib qilish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;

mamlakatimiz fuqarolari va yuridik shaxslarning, axborotlarni tayyorlash, tarqatish, ulardan foydalanish sohasidagi huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish;

jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi mavjud muammolarni aniqlash, tanqidiy tahlil qilish va yechimini topish borasida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda ularning faoliyatini monitoring qilish bo‘yicha tegishli talab va normativlarni axborot bozorining bugungi holatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish;

ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish va uning faoliyatiga doirqonun hujjatlari, davlat va tarmoq standartlariga, so‘z va axborot erkinligi kafolatlariga rioya etilishi borasida monitoring va nazoratni amalga oshirish;

ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan nashrlarning chop etilishi bo‘yicha hamkorlikda maqsadli dasturlarni tayyorlash va ijrosini tashkillashtirish;

kitob mahsulotlarining xalqaro kitob bozorida o‘z mavqei va salmog‘iga ega bo‘lishida nashriyotlargako‘maklashish, xorijda o‘zbek tili va adabiyotini keng targ‘ib qilishini yo‘lga qo‘yish;

ma’naviy-ma’rifiy ishlarni keng miqyosda yo‘lga qo‘yish, matbuot va axborot, noshirlik, matbaachilik, axborot-kutubxona faoliyati sohalarida mintaqaviy, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

fuqarolarning axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot xurujlari va tahdidlarning oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rish yuzasidan hamkorlikdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish;

mazmunan sayoz,milliy ma’naviyat va qadriyatlarimizga, axloq me’yorlariga mos kelmaydigan,g‘oyaviy hamda matbaa sifati past adabiyotlarni tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatilishining oldini olish choralarini ko‘rish;

hamkorlik asosida ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyati sohasida milliy va xalqaro tanlovlar, ko‘rgazma-yarmarkalari va boshqa ommaviy, madaniy-ma’rifiy tadbirlartashkil etilishini yo‘lga qo‘yish.

III.Hamkorlikning amalga oshirilishi:

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazihamdaO‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazadilar hamda zarur maslahatlarni amalga oshiradilar. Hamkorlikni samarali amalga oshirish maqsadida hamkorlik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, tegishli qonun va qonunosti hujjatlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etadilar hamda yillik qo‘shma rejalarni qabul qiladilar.

Memorandumda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazihamdaO‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar, seminar-trening, davra suhbatlari, xalqaro grant loyihalari va boshqa tadbirlarni tashkil etadilar.

IV.Memorandumning kuchga kirishi

Ushbu Memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 2 yil muddat davomida amal qiladi.

Tomonlar kelishuvi o‘zgarmagan holda ushbu muddat keyingi 2 yil muddatga uzaytirilishi mumkin.

Yuqoridagilarni tasdiqlab, mazkur Memorandum Toshkent shahrida 2017 yil 21 dekabr kuni quyidagi imzo chekuvchilar tomonidan imzolandi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

_____________ A. Kadirov

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori

                       _____________ L. Tangriyev

 

09.02.2018