Ijtimoiy tarmoqlar:
"PREZIDENT MUROJAATNOMASI - MILLIY YUKSALISH DASTURI"

Mamlakatimiz xalqi, jahon hamjamiyati Vatanimiz haqida so‘z ketganda "Yangi O‘zbekiston!" degan iborani tilga olayotgani bejiz emas. Bu e'tirof bugun O‘zbekistonga yarashib turibdi. Negaki, mana shu uch yilda mamlakatimiz o‘z taraqqiyoti yo‘lida mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga qadam qo‘ydi.

Buni davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasi yana bir karra yaqqol namoyon etdi. O‘ylab ko‘ring, mana shu o‘tgan davr mobaynida jamiyat hayoti qanchalar o‘zgarib ketdi. Bugun xalqaro maydonda dunyo davlatlari mamlakatimizga demokratik qadriyatlar ustuvorlik kasb etayotgan, ochiq, ishonchli va istiqbolli, eng muhimi, taraqqiyot yo‘lida moljalni to‘g‘ri olgan hamkor sifatida qaramoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi, siyosiy irodasi bilan Markaziy Osiyoda yangi, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlariga asoslangan ishonchli muhit yaratildi. Prezident Murojaatnomasi mamlakatga o‘ziga xos yangi ruh va shiddat baxsh etdi. Unda nafaqat 2020 yil, balki kelgusi besh yilda O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalish va vazifalar belgilab berildi. Ta'bir jozi bo‘lsa Murojaatnoma Vatanimiz, xalqimizni milliy yuksalishga eltuvchi o‘ziga xos taraqqiyot dasturidir. Negaki, murojaatnoma asosida xorijiy hamkorlarimiz, jahon hamjamiyati ta'kidlayotganidek, "O‘zbekiston o‘zining aniq va ravshan kelajagini belgilab oldi".

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazida "Prezident murojaatnomasi

- milliy yuksalish dasturi" mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalariga taqdim etgan Murojaatnomasi, Oliy Majlis Senati, qonunchilik palatasi va Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma'ruzalarining mazmun mohiyatini yangicha, ilmiy-asoslangan, ta'sirchan xalqchil targ‘ibot texnologiyalari asosida taqdim etildi.

Ahamiyatli jihat. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi nafaqat milliy parlament a'zolariga, balki ular timsolida butun O‘zbekiston xalqiga bevosita murojaatdir. Demak, Murojaatni har bir vatandoshimizga hayotiy timsollar, qiyosiy dalillar asosida O‘zbekistondagi yangi davr ruhidan kelib chiqib yetkazish eng dolzarb masaladir. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ana shu maqsaddan kelib chiqib, Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini har bir fuqaro, yoshlarimizga tushunarli, xalqchil, zamonaviy ta'sirchan vositalar asosida targ‘ib qilish yo‘lida izlanishlar olib bordi. Ana shu izlanishlar samarasi

sifatida tadbirda dunyoning rivojlangan davlatlarida qo‘llanilayotgan "binar taqdimot", "infotaynment" targ‘ibot texnologiyalarining "Mahorat dars"lari namoyish etildi. Bu Murojaatnoma mazmun mohiyatini tushuntirishda targ‘ibotning ta'sirchanligi, samimiyligi, hayotiyligini oshirdi.

Prezidentimiz ma'ruzalari asosida mamlakat tarixida ilk bor qabul qilingan Saylov kodeksi asosida, "Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar" shiori ostida o‘tgan bu muhim siyosiy tadbir jarayonlari, 2019 yil - "Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" yakunlari, harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha keyingi uch yil davomida amalga oshirilgan asosiy ishlar hayotiy

misollar asosida yoritildi.

Murojaatnomada belgilangan mamlakatimizni 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish bo‘yicha barcha sohlarni qamrab olgan ustuvor yo‘nalish va vazifalar, 2020 yil - "Ilm-ma'rifat va rahamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"ning mazmun-mohiyati infografika, video va tarqatma materiallar asosida tushuntirib berildi.

"Biz Yangi O‘zbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz!"- dedi Prezident. Davlatimiz rahbari boshchiligida butun xalqimiz katta maqsad yo‘lida belini mahkam bog‘ladi. Chunki maqsadsiz inson, milliy g‘oyasiz xalq yo‘lini yo‘qotadi, ulug‘ maqsadlar bilan yashamaydigan jamiyat hech qachon

buyuk ishlar qila olmaydi!

Bugungi kunda "Jamiyat - islohotlar tashabbuskori!" degan yangi g‘oya hayotimizga tobora singib bormoqda. Negaki, islohotlar mohiyatida, eng avvalo, xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berish masalasi turibdi. Ana shu ma'noda, har bir tashabbus xalqning dardini tinglab, mushkulini oson qilishga qaratilmoqda. Shu bois ham bu borada xalqning ishongan vakillari

bo‘lgan - deputat, senat a'zolari zimmasida o‘ta mas'uliyatli vazifa turibdi. Ular xalqning ishonchi, ovozi bo‘lishi, xalq so‘zi - haq so‘z bo‘lib jaranglashi kerak. Bu borada ham yig‘ilishda so‘zga chiqqan Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senati a'zolari o‘z fikrlarini bildirishdi.

Tadbirda eng og‘ir illat - korrupsiya balosini yo‘qotish, Prezidentimiz ilgari surgan "halollik vaksinasi", uni har bir vatandoshimiz qalbiga jo etishda ajdodlarimiz merosi, xususan xalqimiz ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan Mahmudho‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ma'rifatparvar bobolarimiz ta'limotlari va ezgu dav'atlarini o‘qib o‘rganish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Negaki, ularda eng buyuk fazilat - Vatanga fidolik borligi ta'kidlandi!

Ma'naviyat va ma'rifat xodimlari nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolariga har bir yangilik, har bir sohadagi islohot mohiyati yetkazib borishi, ana shu asosda ularni faol fuqarolarga aylanishini ta'minlashda alohida tashabbuskorlik qilishi kerakligi aytib o‘tildi. Zero, davlatimiz rahbari ta'biri bilan aytganda, ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, "Prezident murojaatnomasi - milliy yuksalish dasturi" mavzusidagi tadbir Oliy Majlis Senati a'zolari, qonunchilik palatasi deputatlari, ziyolilar, yoshlar yetakchilari, keng jamoatchilik vakillariga "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" g‘oyasi atrofida birlashishga kuchli asos berdi.

Tadbir ishtirokchilari Prezidentning Oliy Majlisga, demakki, butun xalqimizga

Murojaatnomasini Milliy da'vat deya e'tirof etdilar. Endigi eng muhim vazifa, uning mohiyatini zamonaviy targ‘ibot asosida har bir vatandoshimiz qalbiga yetkazish, ana shu milliy da'vatni milliy harakatga aylantirmoqdir.

 

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

matbuot xizmati

11.02.2020