Taʼkidlangan gapni maʼqullasangiz “ha” degan javobni, rad etsangiz “yoʻq” degan javobni qayd eting, oxirida ballarni jamlang.
1. Kun davomida har daqiqada va har qadamda odamlar sizni kuzatib baholayotgani yodingizda turishi kerak.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
2. Odamlarda oʻziga yarasha erk tuygʻusi boʻlishi kerak, u oʻz ermaklarini yor-birodarlari bilan ularga maʼqul - nomaʼqulligidan qatʼiy nazar bemalol muhokama qilsin.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
3. Eng munosibi koʻngil kuyiga kirmasdan izzatni saqlamoq.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
4. Boshqalar tilida xatolarni payqagan kishi ularni tuzatmogʻi lozim.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
5. Notanish kishiga yoʻliqqanda yaxshi taassurot qoldirish uchun xushmuomala, topqir va dilkash boʻlish kerak.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
6.Biron kishi bilan tanishayotganda nomini tushunmasangiz takror soʻrash ayb emas.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
7.Ishonchingiz komilki, oʻzingizga nisbatan hazil-mutoyibaga yoʻl qoʻymaganingiz uchun sizni hurmat qilishadi.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
8. Doimo hushyor yurishingiz kerak, yoʻqsa, atrofimizdagilar hazil qilaverib obroʻyingizni toʻkib quyishlari mumkin.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
9. Donishmandlar: gapga chechan kishi bilan muomala qilganda musobaqalashmasdan unga tan berib, suhbatdan chiqqan maʼqul.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
10.Davralarda oʻz xatti-harakatini ulfatlar kayfiyatiga muvofiqlashtirish shart.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
11.Yor birodarlarga qoʻldan kelgancha yordam berish kerak, negaki bir kun kelib sizning ham ularga ishingiz tushishi mumkin.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
12.Birovlarga koʻp ham yaxshilik qilavermagan maʼqul, negaki kamdan-kam odam yaxshilikning qadriga etadi.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
13 .Siz birovlarga emas, ular sizga qaram boʻlgani afzal.
Ha - 5 ball
Yoʻq - 0 ball
14.Chin doʻst oʻz doʻstlaridan yordamini ayamaydi.
Ha - 5 ball
Yoʻq - 0 ball
15.Odam oʻzining eng yaxshi fazilatlarini roʻkach qilganda qadr topadi.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
16.Agar davrada aytilayotgan askiyani ilgari eshitgan boʻlsangiz, hikoyani toʻxtatib qoʻyishingiz kerak.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
17.Agar davrada aytilayotgan askiyani ilgari eshitgan boʻlsangiz, odob yuzasidan qoʻshilib kulishingiz kerak.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
18.Agar doʻstingiz taklifidan kinoni afzal koʻrgan boʻlsangiz asl sababini aytib doʻstingizni dilini ogʻritmasligingiz, bosh ogʻrigʻi yoki boshqa bir bahona topishingiz kerak.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
19.Asl doʻst ogʻir kunda sinaladi.
Ha - 0 ball
Yoʻq - 5 ball
20.Odam oʻz maslaklarini oʻjarlik va tixirlik bilan bildirilgan har kishi fikridan himoya qilaverishi shart emas.
Ha - 5 ball
Yoʻq - 0 ball
Javoblar:
85 balldan 100 ballgacha - aʼlo
75 balldan 80 ballgacha - yaxshi
65 balldan 70 ballgacha – oʻrta
O balldan 60 ballgacha - yomon
Unutmang ballar jami qancha koʻp chiqsa odamlarga yoqish asosingiz ham shuncha koʻpdir!
Diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar. Diniy tashkilot O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi.
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlarini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa diniy tashkilotlarni esa tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASINING QONUNI
SIYOSIY PARTIYALAR TO‘G‘RISIDA
(Ko‘chirma)
4-modda. Siyosiy partiyalarga a’zolik
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir paytning o‘zida faqat bitta siyosiy partiyaga a’zo bo‘lishi mumkin.
Partiyaga mansubligiga ko‘ra fuqaroning huquqlarini har qanday cheklash, xuddi shuningdek unga imtiyozlar yoki ustunliklar berish taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika barcha fuqarolarining huquq va erkinliklariga rioya qilinishining kafili sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni to‘xtatib turishi yoxud butunlay to‘xtatishi shart.
Quyidagilar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar:
Siyosiy partiyalarga a’zolik yakka tartibda qayd etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011yil 8 dekabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning 160-bandiga muvofiq pensiya to‘lash qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Bunda ishonchnoma bergan shaxs pensiya to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga 1 yilda kamida bir marta kelib, tayinlangan pensiyaga bo‘lgan o‘z huquqini tasdiqlashi kerak. ishonchli vakil pensiya to‘lashga ta’sir etishi mumkin bo‘lgan, o‘ziga ma’lum barcha holatlar to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga xabar berishi shart.
Fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik — eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli qaroriga asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etilgan.
Sog‘lom oilani shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, irsiyat bilan bog‘liq va tug‘ma kasalliklarga chalingan bolalar tug‘ilishining oldini olish nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning maqsadi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi FHDYO organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi, 50 yoshdan katta shaxslarning nikohini ro‘yxatdan o‘tkazish hollari bundan mustasno, ushbu shaxslar tibbiy ko‘rikdan faqat ularning roziligiga ko‘ra o‘tkaziladi. (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 apreldagi 78-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007 y., 16-son, 164-modda)
Nikohlanuvchi shaxslar mazkur hajmlarda:
yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Nikohlanuvchi shaxslar FHDYO organlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyidagi sog‘liqni saqlash tizimining tegishli tibbiyot muassasalariga yuboriladi.
Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi ularning yashash joyidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan FHDYO organlari tomonidan berilgan yo‘llanma bo‘yicha bepul o‘tkaziladi.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak.
Ko‘rikdan o‘tayotgan shaxsga belgilangan shakldagi alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, unda ko‘rikdan o‘tayotganning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar hamda tekshirish natijalari to‘liq hajmda aks ettiriladi.
Agar nikohlanuvchi shaxs o‘z xizmati yoki ishi turiga ko‘ra muayyan tibbiyot muassasasiga biriktirilgan bo‘lsa, u mazkur muassasada ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi natijalari to‘g‘risida tibbiyot muassasasining xulosasi ma’lumotnomada aks ettiriladi. Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasining muhri va rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda alohida daftarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, daftar belgilangan muddat mobaynida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining arxivida saqlanadi. Ma’lumotnomaning amal qilish muddati — uch oy.
Tibbiyot muassasasining mas’ul xodimi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma berishda nikohlanuvchi shaxsga aniqlangan kasalliklarning nikoh tuzilgandan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini tushuntiradi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxs o‘tkazilgan tushuntirish to‘g‘risida Ma’lumotnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish daftariga imzo qo‘yadi».
Agar nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijasida ularning bittasida yoki har ikkalasida nazarda tutilgan kasallik aniqlangan taqdirda, nikohni qayd etish tomonlarning ushbu tekshirish natijalaridan xabardorligi tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Nikohni qayd etuvchi shaxslar tibbiy ko‘rik natijalari to‘g‘risidagi axborotning maxfiyligi uchun javob beradilar.
Ko‘rikni o‘tkazgan vrach qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rik natijalarining xolisligi uchun shaxsan javob beradi.
1. Yomon kayfiyatning sabablarini aniqlang.
2. Bunga balki yaqin kishingiz bilan janjallashib qolganingiz yoki sog‘lig‘ingiz yomonlashgani, yo bo‘lmasa, ishdagi qandaydir muammo sabab bo‘lgandir? Buni albatta aniqlab, mavjud muammoni bartaraf qiling.
3. To‘yib uxlang va dam oling.
4. Hayot murakkab vaziyatlarga to‘la bo‘lsa-da, ba’zan o‘zingizga dam berib turishga harakat qiling. Aks holda, yomon kayfiyat depressiyaga aylanib ketishi mumkin.
5. Oddiy kundalik hayotdan quvonch qidiring.
6. Kundalik yugur-yugurdan bir lahzaga to‘xtab, atrofingizga boqing: oppoq qorga burkangan tabiatning go‘zalligi, qorbo‘ron o‘ynayotgan bolalarning beg‘ubor kulgusi. Tonggi toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oling. Bu – sizning hayotingiz! Yashash naqadar yaxshi!
7. Yangi xobbi orttiring.
8. Ingliz tili, tikuvchilik, raqs yoki haydovchilik kurslari – bularning barchasi yomon kayfiyat bilan kurashishda eng yaxshi yordamchilar. Yangi bilimlar orttirish jarayonida barcha tashvish va qayg‘ular ikkinchi darajaga tushib qoladi.
9. Yodingizda tuting, hayot uni yoqimsiz narsalar va yomon kayfiyatga sarflash uchun juda qisqalik qiladi.