ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. "Parij-2024": Safina Sa’dullayevaning imkoniyatlari qanday?

"Parij-2024": Safina Sa’dullayevaning imkoniyatlari qanday?

"Parij-2024": Safina Sa’dullayevaning imkoniyatlari qanday?
18-iyul, 2024

Xabaringiz bor, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarining yengil atletika yo‘nalishi bo‘yicha balandlikka sakrash bahslari 2-4-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Quvonarlisi, ushbu musobaqaning qizlar o‘rtasidagi bahslarida mamlakatimiz sharafini Safina Sa’dullayeva himoya qiladi.

Atletimiz "Tokio-2020" Olimpiadasida 1.96 metr natija bilan 6-o‘rinni egallagan edi. Safina Sa’dullayeva o‘tgan uch yil mobaynida turli musobaqalarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olib, tajriba to‘pladi. 2022-yili Turkiyadagi V Islom birdamlik o‘yinlarida 1.97 natija qayd etdi va bu natija hozirgi kunga qadar u zabt etgan balandliklar orasida eng yuqorisi bo‘lib turibdi.  

Bu galgi Olimpiya o‘yinlarida Safina Sa’dullayeva bilan birgalikda dunyoning bir qator iqtidorli atletlari Olimpiya o‘yinlari g‘olibligi uchun raqobatlashadi. Quyida atletimizning asosiy raqiblarining natijalariga e’tibor qaratamiz.  

Jumladan, balandlikka sakrash bahslarida ukrainalik Moguchix Yaroslava Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lish uchun asosiy favoritlardan hisoblanmoqda. U shu oyda Parij shahrida o‘tkazilgan Brilliant liga bahslarida 2.10 metr natija ko‘rsatdi va jahon rekordini o‘rnatdi. Shu bois ham Moguchix bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga da’vogarlar qatorida birinchi bo‘lib turibdi. Uning ortidan avstraliyalik Nikola Olislagers 2.03 metr natijasi bilan bormoqda. Shuningdek, yamaykalik Lamara Dastin va amerikalik Reshel Glenn 2 metr balandlikni zabt etgan bo‘lsa yana bir avstraliyalik atlet, Eleanor Patterson 1.99 metr shaxsiy ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, bu atletlar ham "Parij-2024" Olimpiadasida medallar uchun da’vogarlar qatoridan joy olmoqda.  

Bu galgi Olimpiya o‘yinlarida 19 yoshli serbiyalik Angelina Topichni muxlisu-mutaxassislar yuqori o‘rinlarni egalashidan umid qilmoqda. U joriy yilning may oyida Marokashda o‘tgan nufuzli musobaqada 1.98 metr balandlikka sakrab g‘olib bo‘ldi va o‘zining eng yuqori natijasini qayd etdi. Shuningdek, Yevropadagi nufuzli musobaqalarda bir necha bor shohsupaga ko‘tarildi.  

Parijda o‘tishi kutilayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga qadar 1,97 metr natija qayd etgan Vashti Kanningem (AQSH), Yelena Kulichenko (Kipr), Rouz Amoanimaa (Gana), Temitol Simbiat Adeshin (Nigeriya), Ellu Junnilu (Finlyandiya) va Ayrin Palshit (Litva) kabi yengil atletikachilar ham g‘oliblar qatoridan joy olish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi.  

Ushbu natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, iqtidorli sportchimiz Safina Sa’dullayeva uchun Olimpiya o‘yinlari oson o‘tmaydi. Lekin uning shohsupaga ko‘tarilish, mamlakatimiz sporti tarixida yangi sahifa ochish imkoniyati bor. Umid qilamizki, atletimiz o‘z muvaffaqiyatlari bilan xalqimizga katta quvonch ulashadi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA  

O'xshash yangiliklar

Ozodlik uchun kurash hamisha ichimizda yashab kelgan – Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi venesuelalik Maria Korina Machado ma’ruzasi

Ozodlik uchun kurash hamisha ichimizda yashab kelgan – Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi venesuelalik Maria Korina Machado ma’ruzasi

Turkiyada Jaloliddin Manguberdi maqbarasi quriladi

Turkiyada Jaloliddin Manguberdi maqbarasi quriladi

Oscar-2024 kimga nasib qiladi? Daʼvogar kartinalar tahlili

Oscar-2024 kimga nasib qiladi? Daʼvogar kartinalar tahlili