ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbirlari boshlandi

“Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbirlari boshlandi

“Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbirlari boshlandi
03-dekabr, 2024

3-dekabrdan “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbirlari boshlandi. Joriy yilning 3-15 dekabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar doirasida “Yangi O‘zbekiston – islohotlar falsafasi” mavzusida ziyolilar forumi, “Yangi O‘zbekiston – islom tamadduni va ilm-ma’rifat” mavzusida anjuman, “Zamonaviy yoshlar – taraqqiyot drayveri” mavzusida ilm-fan va innovatsiyalarga bag‘ishlangan mahorat darslari, “Asriy qadriyatlarga tayangan san’at” loyihasi hamda “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” kitob-albomi taqdimotini o‘tkaziladi va ushbu kitob-albomini hududlardagi ta’lim muassasalari kutubxonalariga beg‘araz taqdim etishga qaratilgan turli aksiyalar amalga oshiriladi.

Ta’kidlash kerakki, mazkur keng qamrovli tadbirlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlarining jamiyatimizdagi o‘rnini ilmiy asosda ochib berish, Ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat va san’at sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning ilmiy tahlili va bu jarayonda ziyolilarning rolini yanada oshirish, kreativ iqtisodiyot, innovatsion g‘oyalar tarmog‘ini rivojlantirish hamda “Mahalla yettiligi” faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

«Ma’rifat karvoni» tadbirlari doirasida Islom sivilizatsiyasi markazi megaloyihasi ham taqdim etilmoqda.

Ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat va san’at sohalarida faoliyat yuritayotgan ziyolilar, imom-xatib va noiblar tomonidan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalar, O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi mega-loyihasi, har bir viloyatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar va bunyodkorlik ishlari bo‘yicha taqdimotlar hamda videoroliklar namoyish qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Ma’rifat karvoni» O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

O'xshash yangiliklar

“Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni”ning ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Samarqand viloyatida samarali yakunlandi.

“Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni”ning ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Samarqand viloyatida samarali yakunlandi.

Samarqand viloyati bo‘limining apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati bo‘limining apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sog`lom turmush tarzi

Sog`lom turmush tarzi