ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Matbuot xizmati›
  3. Maqolalar›
  4. TARBIYA FAQAT MAKTABNING ISHI EMAS

TARBIYA FAQAT MAKTABNING ISHI EMAS

TARBIYA FAQAT MAKTABNING ISHI EMAS
28-yanvar, 2026

         Prezidentimiz o‘tgan yilning 8 sentabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidori va intilishlarini yuzaga chiqarish bo‘yicha yagona vertikal tizim joriy etiladigan bo‘ldi. Shu maqsadda “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida “Kelajak” markazlari tashkil etilmoqda. Maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta hududda muhandislik maktablari ochilmoqda.

        2026 yildan boshlab, har yili umumta’lim maktablari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkazilishi, pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilishi sohaning porliq ertasidan dalolat beradi. Ta’lim rivoji uchun mamlakatimizda yildan yilga amalga oshirilayotgan ezgu ishlar miqyosi tarixiy tus olmoqda. Zero, yurtimiz pedagoglari davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat va g‘amxo‘rliklarga munosib javob bermoqdalar. Biz – ma’naviyat targ‘ibotchilari esa ziyolilar davralarida, yurtimizning eng chekka hududlaridagi mahallalarda, oliy o‘quv yurtlarida, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ”Ma’naviyat karvoni” tadbirlarimizda, chop ettirayotgan kitoblarimizda, ma’rifiy uchrashuvlarimizda ta’lim, tarbiya, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat haqida gapiramiz.

          Bu hayotda barchamiz turli – tuman maqsadlar bilan yashaymiz. Xohishlarimiz turlicha, orzularimiz turlicha, armonlarimiz turlicha. Baxt haqida tushunchamiz, baxtsizlik haqida xulosalarimiz turlicha. Bu hayot yo‘lida esa bizni bitta nuqta bog‘lab turadi. Bu –ta’lim. Dunyo tanigan donishmandlar ham maktab oldida o‘quvchi. Qani edi har oyda, haftada to‘planib restoranlar, kafelar, ko‘ngilochar joylar, tomoshalar, qancha bazm-u jamshidlarga borib farog‘at istayotgan ko‘ngillarimiz ko‘chalarini maktab sari bursak edi. Do‘stlar, sinfdoshlar, kursdoshlar, mahalladoshlar, hamkasblar to‘planib, maktablarga borib tursak edi. Maktab kutubxonasiga bizning o‘rinbosarlarimiz, ertamiz egalarining tashrifini kuzatsak edi, jo‘yali xulosa qilsak edi. “Bu jaholat xohishidirki, millat foydasi uchun jonini qurbon qilmoqqa loyiq arslon kabi yigitlarimiz butun millatni yodlaridan chiqorib, iste’dod va g‘ayratlarini choyxona va pivaxonalarg‘a sarf etmakdurlar”, deya yozgan edi Munavvar qori Abdurashidxonov salkam bir asr oldin. Ma’rifatparvar jadidlarimiz umrini millatni uyg‘otmoqlikka baxsh etib, bu yo‘ldagi azoblardan ortga chekinmaganlar. Ular maktablar ochganlar, darsliklar yozganlar. Ming mashaqqat ila gazetalar chop etganlar. Teatr truppalarini tashkil qilib spektakl qo‘yganlar. Ularni bu ezgu ishlaridan mahrum etmoq bo‘lganlar tuhmatlar bilan qatag‘on qilganlar, turmalarga tashlaganlar, hibsxonalarda haqoratlaganlar, shafqatsiz kaltaklaganlar. Ochlik va kasallikdan tinkalari qurib, ustixonlari cho‘pdek bo‘lib qaytib kelib, ular yana maktablar ochganlar, yana gazetalar chop etganlar. Ularning qo‘lyozmalari yo‘q qilingan, nashriyotlariga qulf urilgan, gazetalari, hatto maktablariga o‘t qo‘yilgan. Xatarlar, xiyonatlararo kechgan jadidlarimizning hayoti hamisha o‘lim xavfi bilan yonma-yon turgan. Ammo ular abad ilm-u ma’rifat yo‘lida sobit turganlar. She’rlar yozganlar, nutqlar so‘zlaganlar, maydonlarga chiqqanlar, millatni nur sari chorlaganlar. Munavvar qori, Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Behbudiy, Ibrat, So‘fizoda kabi qancha qancha azizlarning qismati shu edi.

Biz-chi? Biz nima qilayapmiz? Biz yashayotgan hududdagi maktabdan bitta ham o‘quvchi bu yil oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kira olmagan bo‘lsa, bu uchun faqat maktabni ayblaymiz. Hududimizdagi maktabdan birorta bola jinoyat qilsa, ota-onasidan oldin maktab direktori, maktabning ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, sinf rahbari javobgar bo‘ladi. Jamoatchilik qayerda? Bolasining qayerdaligini bilmaydigan ota-onaga mas’uliyatni kim tushuntiradi? Qo‘shnilarning tomoshabinligi qachon tugaydi? Ustozning ulug‘ligini ularga kimdir anglatishi kerak-ku! Ilm dargohiga hurmat ko‘rsatishda kimdir o‘rnak bo‘lshi kerak-ku! Bolamiz, nabiramiz o‘qiyotgan maktabga bir yilda bir martagina homiylik yordami ko‘rsatsak edi. Bolasini o‘qitish uchun o‘z uyini sotib, eskirib ketgan ulovi ichida yashayotgan kambag‘al hindchalik emasmizmi? Qizchasini sovuqda maktabga olib-borib kelish uchun o‘ziga xos ixtiro: mitti uychani velosipedga o‘rnatgan sinegallik otachalik kelajakka ishonchimiz yo‘qmi? O‘zi oyoq yalang yurib bolasining oliy o‘quv yurtida o‘qishiga pul to‘lab bergan afrikalik dehqonchalik emasmizmi? Bolasi maktabga kechikmasligi uchun soat 5.00 da uni otiga mindirib, qorli tog‘ yo‘llariyu, qirlar osha har kun maktabga olib kelgan va har kuni olib ketgan bobolar bizniki edi-ku! Bolalari maktabga kiyib borishi uchun bor-yo‘g‘ini sarflab, ularga etik va paltolar olib berib, o‘zi qahraton qishda qirq yamoq etiklar kiygan otalarimiz ruhi oldida vijdonimiz qiynalmaydimi? Bola tarbiyani avval bu olamga kelib ilk ko‘rgan maskan – oilasida oladi. Uning tarbiyasini noraso qilib maktabga yo‘llar ekanmiz, o‘qituvchilarga juda qiyin bo‘ladi. Uning tarbiyasizligi behayolikka, hayosizligi sust e’tiqodga alaloqibat ma’naviy majruhlikka olib keladi. Ba’zi oilalar bola tarbiyasini butunlay maktabning, o‘qituvchilarning zimmasiga tashlab qo‘ydi. Bolasi uy vazifalarini bajarmaydigan, darsda sinfdoshlariga xalaqit berib, o‘qituvchini haqorat qiladigan, darsdan qochadigan, ota-onasi maktabga chaqirilsa kelmaydigan oilalarning esa uyiga borgan o‘qituvchilarga javobi tayyor: “Men bolamni boqish uchun tinim bilmay ishlab yuribman”. Qaysi o‘quvchi o‘z o‘qituvchisini hurmat qilmas ekan, hech kimni hurmat qilmaydi. Qalbida ustozga ehtiromi yo‘q o‘quvchi sharafsizlikka ko‘nikib boradi. Sharafsizlik – baxtsizlikdir. Biz bunga loqayd bo‘lmasligimiz kerak.

        Zero, jadid alloma Abdulhamid Cho‘lpon aytganlaridek, millatni uyg‘otish – uyg‘onganlarning vazifasidir.Zulfiya Mo'minova
"Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zosi