ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Matbuot xizmati›
  3. Maqolalar›
  4. AYОLLARI MA’RIFATLI BO‘LGAN XALQ

AYОLLARI MA’RIFATLI BO‘LGAN XALQ

AYОLLARI MA’RIFATLI BO‘LGAN XALQ
10-mart, 2026

Mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi, ularni qonuniy manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yilishi, xotin-qizlar masalasi davlat siyosatining asosiy ustuvor vazifalaridan biri sanalishi jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi uchun asosiy omil ekanligini qayd etib o‘tmoqchiman.

So‘nggi sakkiz yillikni sarhisob etar ekanmiz, bu borada ishlab chiqilgan 100 dan ortiq normativ huquqiy hujjatlarni hamda Yangilangan Konstitutsiyamizning asosiy mazmun-mohiyatida ham inson qadri mujassamligini e’tirof o‘tishimiz joiz.

Xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor  davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan ekanligi  faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otishi bilan bir qatorda, har birimizda oila va jamiyat oldida mas’uliyat hissini beradi.

Ayni mana shu kunlarda ayollarni e’zozlash, ularni farovon turmush kechirishlari uchun davlatimiz rahbari tomonidan qaratilayotgan e’tibor va e’tirofni har jabhada namoyon bo‘lishini guvohi bo‘lib to‘ribmiz.

Mamalakatimizda boshqaruv sohasida  xotin-qizlar o‘rtacha 35 foizga yetganligi, Oliy majlis Qonunchilik  palatasi deputatlarining 38 foizini, Senat a’zolarining 27 foizini ayollar tashkil etayotganligi ham bu borada amalga oshiriliayotgan ustuvor vazifalarimizning yorqin namunasidir.

Ayollarning davlat boshqaruvi va parlament faoliyatidagi ishtirokini kuchaytirilishi, xotin-qizlarimizning madaniyat va sport masalalarida yuqori natijalarga erishayotganligi, dunyo miqyosidagi global masalalarda ham  ayollarning nufuzi oshib borayotganligi, Yangi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda.

Oilada va jamiyatda qizlarning bilimli va o‘qimishli bo‘lishlari uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar ham alohida e’tiborga molikdir. “Ayollarga ilm berish – jamiyatni ilmli, ma’rifatli va salohiyatli qilish” tamoyili chuqur ma’no kasb etmoqda. Bu borada xotin-qizlar uchun imkoniyatlar eshigi ochiq. Xotin-qizlarimizni bilim olishlari uchun maxsus kvotalar ajratilgan, shartnoma to‘lovlari Davlat budjetidan qoplab berilmoqda, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda. Bu imkoniyatlar  esa o‘z navbatida qizlarimizda ilm fanning yuqori chuqqilarini egallashlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun muhim shart-sharoitni yuzaga keltirmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida hozirda ta’lim olayotgan talabalarning  54 foizdan  ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

 Shuningdek,  xotin-qizlar ta’limiga alohida e’tiborning qaratilishi, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan nafaqat bugungi masalalarni hal etish, balki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek: “Bitta qizni o‘qitsak, butun oilaga ta’lim bergan bo‘lamiz. Agar oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, jamiyatning ongi, madaniy darajasi ham yuksaladi.”

Bu borada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ham tizimli targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bosqichma-bosqich o‘tkazilib kelinmoqda. Haftalik doirasida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida  barcha hududlarimizda 120 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilib, mazkur tadbirlarga 11 mingdan ortiq xotin-qizlar qamrab olindi.

“Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida “Ayol ma’rifati”, “Onalar-bashariyat tarbiyachilari”, “Millatni uyg‘otmoq-ma’rifatli onalar ishidir”, “Biz birlashib O‘zbekiston bo‘lamiz” loyihalari doirasida barcha hududlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Shu o‘rinda ayollarning bilimli, yetuk salohiyatli bo‘lishida targ‘ibot va tashviqot ishlari muhim rol uynashi tabiiy hol, albatta.

Zero, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi. Ma’rifatparvar bobolarimiz “Ayol yuksalsa – yuksalur bashariyat”, deb bejiz aytishmagan. Bu ko‘hna tarix To‘maris, Saroymulkxonim, Nodirabegim, Gulbadanbegim, Uvaysiy, Dilshod otin, Anbar otin, Zulfiya singari yuzlab mo‘‘tabar ayollarimizning millat sha’ni, or-nomusini saqlash yo‘lidagi jasoratlariga guvohdir. Momolarimizga xos bo‘lgan noyob fazilatlar zamonamiz ayollari siymosida ham davom etmoqda.

Bugungi kunda xotin-qizlarimizni bilimli va ma’rifatli bo‘lishlari uchun davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlarning mazmun- mohiyatining negizida, Yangi O‘zbekistonning rivojlanishida xotin-qizlarning rolini oshirish, Uchinchi renissans poydevorini barpo etishda ma’rifatparvar onalarning bilim va salohiyatiga tayanish, ma’rifatli jamiyatni ma’rifatli onalar bilan barpo etishdek ulug‘ maqsad namoyon bo‘ladi.

PARDAXOL NORQOBILOVA

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassis,

   “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi