ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  1. Bosh sahifa›
  2. Matbuot xizmati›
  3. Maqolalar›
  4. Yangi hayot va kelajak yaratamiz

Yangi hayot va kelajak yaratamiz

Yangi hayot va kelajak yaratamiz
24-aprel, 2026

O‘zbekiston yagonamsan, yagonamsan,

Onajonim, muhtaramim, durdonamsan,

Donishmandlar vatanisan, nurxonamsan,

Olam uzra tafakkur, nur taratamiz,

Yangi hayot va kelajak yaratamiz.

Toshni yorgan maysadirmiz, bahordirmiz,

Or talashgan Alpomishmiz, bahodirmiz.

Dunyo bedorniki ekan, bedordirmiz,

 Islohatlar uzra bormiz, safarbarmiz,

Yangi hayot va kelajak yaratamiz.

Sherlar bilan sher kiradi muloqatga,

Joy qoldirmas xusumatga, adovatga,

Ajdar bilan til topishib favqulotda,

Yurt chaqirsa million yigit chiqar otga,

Yangi hayot va kelajak yaratamiz.

Chegarada turgan alplar, arslonlarim,

Yurt bayrog‘in ko‘zga surtgan polvonlarim,

Amir Temur avlodlari, sultonlarim,

Sportchilar, shaxmatchilar, mardonlarim,

Yangi hayot va kelajak yaratamiz.

"Afrosiyob"  Samarqandga yelgan chog‘lar,

Manguberdi Xorazmga qaytgan chog‘lar,

Gul shaharlar, gul qishloqlar dilni chog‘lar,

"Yashil makon", yangi chaman, yangi bog‘lar,

Yangi hayot va kelajak yaratamiz.

Mustaqillik to‘yidir bu, gullar sayli,

Yuraklarning bayramidir, dillar sayli,

Halol mehnat, bardosh ,sabr, ahd tufayli,

Yagona xalq birligi bu - baxt tufayli,

Yangi hayot va kelajak yaratamiz.

O’zbekiston desam boshim ko‘kka yetdi,

Humo qushim zanjirlarni kesib o‘tdi,

Biz birlashdik baxtga yetdik, baxtga yetdik,

Yagona xalq bo‘ldik  mag‘rur ahdga yetdik,

Yangi hayot va kelajak yaratamiz.

Vatan so‘zin  jon olib ayt, jon berib ayt,

Vatan so‘zi ulug‘ kalom, muqaddas bayt,

Yaratuvchi millatdirmiz! So‘rasa ayt,

Olam uzra tafakkur nur taratamiz,

Yangi hayot va kelajak yaratamiz.

Zulfiya Mo‘minova 

"Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie