Nizom
Manaviyat va ma'rifat markazi nizomi
Umumiy qoidalar
Manaviyat va ma'rifat markazi (keyingi o'rinlarda - Markaz) - millatning manaviy yuksalishi, ta'lim va madaniyat sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan davlat muassasasi.
Markaz o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda ushbu Nizomga rioya qiladi.
Markazning asosiy vazifalari
- Manaviy-ma'rifiy ishlarni samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish
- Yoshlarda milliy qadriyatlar va manaviyat tuyg'usini shakllantirish
- Ta'lim muassasalari va mahalla institutlari bilan hamkorlik
- Ilmiy tadqiqotlar va analitik materiallar tayyorlash
Boshqaruv
Markazni direktor boshqaradi. Direktor O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Mol-mulk va moliyalashtirish
Markazning mol-mulki va faoliyati O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan, hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan moliyalashtiriladi.