
"Biz bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!"
Xoraz viloyati, Urganch shahridagi "Xudoybergan Devonov" nomidagi kinoteatrda "Kinokarvon" loyihasi doirasida madaniy-ma'rifiy uchrashuv o'tkazildi.
Loyiha doirasida "O'zbek qizi" filmi namoyish etildi.
Ushbu filmda o'tgan asrning 1941-1945-yillarida bo'lib o'tgan Ikkinchi jahon urushi yillarida ishtirok etgan o'zbek xotin-qizlarining jang maydonlarida ko'rsatgan qahramonliklari haqida hikoya.
Ayol matonati, jasorati, nozik jussasiga yashiringan qudrati, sabri, Vatan mehri, yurtga sadoqat kabi yuksak tuyg'ular haqida so'zlovchi film tomoshabinlar e'tiborini yaxshilashdi va barchaga birdek manzur bo'ldi.


