
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda mamlakatimizning chegaraoldi hududlarida yashovchi yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyat hamda an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida Samarqand viloyati bo‘ylab “Vatan ostonasi” festivali doirasida madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Mazkur festivalda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari: taniqli olimlar va ziyolilar, shoir va yozuvchilar, el suygan san’atkorlar hamda chegaraoldi hududida istiqomad qiluvchi aholi va yoshlar ishtirok etdi.


