
"Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!"
Xorazm viloyati, Urganch shahrida joylashgan Urganch davlat universiteti hamda Ma'mun universitetlarida “Kinokarvon” loyihasi doirasida madaniy-ma'rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
“Kinokarvon” targ‘ibotchilarini universitet jamoasi iliq qarshi oldi. Uchrashuv avvalida ijodkorlar tomonidan yurtimizdagi keng koʻlamli islohotlar eʼtirof etilib, kino olamidagi yangiliklar tilga olindi.
Suhbat davomida kino sohasida erishilayotgan yutuqlar hamda kino va teatrning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati to'g'risida so'z yuritildi.
Loyiha doirasida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning xotirasiga bag‘ishlangan "Аbdulla Oripov" filmi namoyish etildi.


