
MILLIY O‘ZLIK – shaxs faoliyatida muhim oʻrin tutib, shaxs va jamiyatning maʼnaviy kamolotida, fuqarolik jamiyatining moddiy-maʼnaviy asoslarini mustahkamlashda ulkan ahamiyatga ega.
MILLIY O‘ZLIK – shaxs faoliyatida muhim oʻrin tutib, shaxs va jamiyatning maʼnaviy kamolotida, fuqarolik jamiyatining moddiy-maʼnaviy asoslarini mustahkamlashda ulkan ahamiyatga ega.
Jamiyatdagi maʼnaviy tiklanish milliy oʻzlikning sifatiy jihatlari bilan chambarchas bogʻliq. Zero, oʻzlikni anglash tufayli inson oʻtmishini xotirlaydi, buguni bilan taqqoslaydi, xulosa chiqaradi va shu asosda kelajakka nigoh tashlaydi. Yaʼni oʻzlikni anglash insonni shaxs darajasiga koʻtarib, maʼnaviy kamolot sari yetaklaydigan ruhiy kuchdir.


