
Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilayotgan para engil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida ayollar o‘rtasida T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Yoqutxon Xolbekova 5.48 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.


