
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari saroyida taqdimot tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda poytaxtimizdagi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar shuningdek, maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi.
Тadbir avvalida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida hududlardagi 4 ta sektorga qo‘shimcha sifatida tashkil qilingan beshinchi “Ma’naviyat sektori”ning taqdimoti o‘tkazildi.
Shundan so‘ng ishtirokchilar spektakl namoyishida qatnashdilar.
Sahna asari Turkistonda bir necha maktablar ochilishiga sababchi bo‘lgan, birinchi o‘zbek dramaturgi Mahmudxo‘ja Behbudiy, mashhur o‘zbek maʼrifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy va milliy uygʻonish harakatining yana bir namoyandasi Abdulhamid Cho‘lpon hayotiga bag‘ishlandi.


