ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. “VATAN MENING ICHIMDA!”

“VATAN MENING ICHIMDA!”

“VATAN MENING ICHIMDA!”
04-iyun, 2024

Taqdir taqozosi bilan Istanbulda tug‘ildim. Taqdir shamoli garchi bizni Buxoro, Qo‘qon, Kobul va Istanbul tomonlarga uchirgan bo‘lsa-da, Vatan ildizlari har doim yuragimizda saqlanib qolgan. Shuning uchun doim: “Men Vatanda emas­man, Vatan mening ichimda”

“VATAN MENING ICHIMDA!”

Michigan universiteti professori Temur XO'JAO'G'LI bilan suhbat

– Ildizsiz maysa bo'lmas, o'zansiz daryo. Sizning Markaziy Osiyoga, hudud, O'zbekistonga inti ham daryoning o'zo'zaniga talpinishidek gap. nima emasmi?

– Bundan 34-yil avval – 1990-yili O'zbekistonga birinchi bor kelgandim. Men Vatanda emasman, Vatan mening ichimda, degan edim o'shanda. 

Nega? Buning ikki sababi bor. qachon, men bir O'zbekistonda emas, Vatandan uzoqda – Turkiyada tug'ilgan o'zbekman. Ikkinchidan, O'zbekiston hali mustaqil bo'lmagan, sho'rolar tuzumi boshqarilayotgan bir davr edi. qayta o'sha tuzumning keyingi yillari bo'lgani uchun ziyolilar-u oddiy xalq orasida mustaqillik va erkinlik g'oyalari keng quloch yozayotgan edi. Odil Yoqubov, Shukrullo, Erkin Vohidov, Jamol Kamol, Rauf Parfi kabi o'zbek yozuvchi-shoirlarining hayajonli so'zlarida mustaqillik, erkinlik cho'g'ining alangalanayotganini ko'rganman.

Dadam Usmon Xo'ja 1878-yili O'shda tug'ilgan. Umrining qirq besh yili Buxoroda o'tgan. U kishi Turkistondagi jadidlik harakatining yomon namoyandalaridan biri bo'lgan. Buxoro jumhuriyati prezidenti ishlaydiganda ishlaganlar. Usmon Xo'ja 1921-yil dekabr oyi Dushanbe shahridagi bolsheviklar qo'shining harbiy garnizoniga hujum qiladi. 1922-yil so'ngida Afg'onistonga chiqib ketishga majbur bo'ladi. Shu-shu vataniga qaytolmaydi. 1968-yili 90 yoshida Istanbulda vafot etdi. Usmon Xo'janing otasi – buxorolik savdogar Po'lat Xo'ja. Uning otasi, ya'ni katta bobomizni Karomatullo Xo'ja deyishgan. Fayzulla Xo'ja dadamning jiyani bo'ladi.

Onam Hakima To'ra 1907-yilda Qo'bulda tug'ilgan. Uning ota-onasi asli qo'qonlik bo'lib, 1880-yilda Kobulga kelib tushadi. Ona tomondan bobomiz Sayidakramxon To'ra Xudoyorxonning jiyani edi. U Afg'onistonda Abdurrahmonxon o'g'li Habibulloxon va Omonullaxon davrlarida noiblik qilgan. Usmon Xo'ja 1922-yilda Kobulga keladi. Saidakramxon To'raning saroyida mehmon bo'lib, uning qizi Hakima To'raga uylanadi. Demak, men ota tomondan buxorolik, ona tomondan qo'qonlikman. Lekin taqdir taqozosi bilan Istanbulda tug'ildim. Taqdir shamoli garchi bizni Buxoro, Qo'qon, Kobul va Istanbul tomonlarga uchirgan bo'lsa-da, Vatan ildizlari har doim yuragimizda qolgan. Buning uchun doim: “Men Vatanda emasman, Vatan mening ichimda,” deya ta'kidlab kelaman.

– Vatan haqidagi ilk taassurotlaringiz- qiziq ilmiyu bu taassurot-ijodiy faoliyatingizda qanday aks etgani biz uchun.

– Vatan sevgisi avvalo uyda, oilada shakllanadi.

Kichkinaligimda onam aytgan ertak, hikoyalar-u allalar orqali bu sezim qalbimga, ong-u shuurimga chuqur singgan bo'lsa, ajabmas. “Alpomish” dostonidan birinchi parchalarni ham onamdan eshitganman. Dadam Usmon Xo'ja esa Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat, Mashrab g'azallaridan, jadid shoirlari Cho'lpon, Fitrat, Elbek she'rlaridan o'qib berardi. O'qib-yozishni o'rganganimdan keyin bu shoirlarning she'rlarini izlab topishga, o'zim ham she'rlar va qisqa ertaklarga harakat qildim.

O'rta maktabni tamomlab, Istanbul universitetining turk tili va adabiyoti bo'limiga o'qishga kirdim. Qadimgi turkiy adabiyot tilda yozilgan ko'kturk, ko'hna Xorazm va uyg'ur, qoroxoniylar, temuriylar davri hamda zamonaviy Turkiya adabiyotini puxta o'rgandim. U paytlar Turkistondagi o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman zamonaviy adabiyotlari o'rgatilmas edi. Men bu adabiyotlarni mustaqil o'rganishga intilar edim.

Shunday kunlarning birida taqdir meni amerikalik o'zbekshunos olim, professor Edvard Olvordga duch qildi. 1968-yil sentyabr binosidan dadamning nomiga maktub keldi. Afsuski, dadam 3 oy oldin vafot etgandi. Edvard xatida Buxoro va jadidlik bo'yicha bir nechta savol so'ragandi. Xatga javob berib, dadam yaqinda vafot etganini yozdim. tomonidan u bilan davom xatib turdik. U mendan Istanbul universiteti kutubxonasidagi Abdurauf Fitratning bir asaridan nusxa ko'chirib berishimni so'radi. Iltimosini bajardim. O'z boshqaruv u ham menga 1965-yilda nashr etilgan “Uzbek Literary Politics” (“O'zbek adabiyot siyosati”) nomli o'z asarini yubordi. O'zbek va boshqa turkiy xalqlar adabiyotiga tajribani ilg'ab, o'zi dars berayotgan Kolumbiya universiteti magistraturasiga taklif qildi.

1972-yili AQSHga bordim. Taniqli olimlardan turkiy tillarning chog'ishtirma grammatikasi, sovet tuzumi va ideologiyasi, zamonaviy rus hamda Markaziy Osiyo adabiyotlari haqida (o'zbek, qozoq, qirg'iz, tojik, turkman tillarida) ma'ruzalar tingladim.

Tahsil joyi Myunxenda sayt “Ozod Yevropa” va “Ozodlik” radiosining o'zbekcha eshittirishlariga oyiga to'rttadan maqola yozib jo'natar edim. 1977-yili ushbu “Ozodlik” radiosining o'zbek sho'basiga ishga taklif qilishdi. Orada Istanbuldagi Marmara universitetining turkologiya bo'limida ham qadimiy turk xalqlarining tili va adabiyotidan dars berdim. Nermin Ercan ismli talabam shoir Abdulhamid Cho'lponning “Uyg'onish” nomli she'riy to'plami haqida magistrlik dissertatsiyasini yoqladi. Bu dissertatsiya Cho'lpon to'g'risida birinchi xalqaro miqyosdagi ilmiy ish olib borilmoqda. U paytlarda Cho'lponning she'rlari O'zbekistonda taxikda edi.

yana yana “Ozodlik”da ishladim. 1994-yili Istanbuldagi Koch, AQSHdagi Michigan universitetlarida dars berdim. Ayni damgacha Turkiston tarixi, adabiyoti, jadid davri va adabiyoti, sovet siyosati haqida 14 ta kitob hamda 200 dan ortiq maqolam o'zbek, turk, ingliz, rus va qozoq tillarida nashr etildi.

– Ona Vatandan qarzdorlik hissi haqida nima deysiz?

– Shubhasiz, har bir inson ona Vatanidan o'zini qarzdor deb biladi. Farzandlik burchini saqlash uchun odam faqat o'z Vatanida yashashi shart emas. Yurtdan tashqarida istiqomat qilib ham Vatanga xizmat qilish mumkin. Men uchun O'zbekiston, umuman, Turkiston ota hamda ona yurtimdir.

Markaziy Osiyo respublikalari sovet tuzum ostida og'ir kunlarni kechirdi. Turli tillarda yozgan maqolalarimda, konferensiyalardagi ma'ruzalarimda o'sha davrdagi adolatsizlik va boshqa bosimlar haqida yozdim. Bu vazifani mendan oldin dadam bajargan. Dadam Usmon Xo'ja umrining 45 yilini ona yurti Buxoro va Turkistonda, qolgan 45 yilini chet ellarda o'tkazdi. U Istanbulda “Yangi Turkiston” nomli jurnal chiqargan edi.

– Siz Yevropa davlatlarida ko'p bo'lasiz. Yevropada “kindik qoni tomgan tuproq” tushunchasiga qanday qarashadi?

– Yevropada ham vatan muqaddasligiga jiddiy e'tibor beradi. Lekin men “kindik qoni tomgan tuproq” tushunchasi mohiyatni to'liq aks ettiradi, deb o'ylamayman. Chunki “kindik qoni tomgan tuproq”qa xiyonat qilgan razillar ko'po'tgani tarixdan ma'lum. Demak, bu hodisa kindik qoni emas, odamning vijdoni, Vatanga bo'lgan sevgisi bilan bog'liq.

– Shu o'rinda yana bir savol: ijodkor uchun muhabbat degan tuyg'u qanday zarba ega?

– Ishq-muhabbat – eng zarur tuyg‘u. Muhabbatsiz qalb o'likdir. Sevgi insonga zavq, orzu va umid beradi. Sevgi yo'qolsa ular ham yo'qoladi. Chunki tabiatning negizida muhabbat bor. Men uchun shu uchta narsa judayam muhim: hayot, muhabbat va she'r…

Butun dunyo mening bo'lsa g'amim bitmas nedandir bu,

Azaldan g'ussa loyi-la yosalgan bir badandir bu.

Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy o'rtasida shu birgina baytlik munozaradan inson quruq badan emas, badandagi tuyg'ular bilan omuxtalikda yaralganini anglash mumkin.

Jadidlar qismati juda ham murakkab. Qizig'i yorug'lik, Sovet kelajakda qatag'on qilinib, yomonotliq tamg'asi bosilgan millat oydinlari mustaqillikka erishilgandan so'ng ham to'laqonli'lik ko'rmadi. Aksincha, ular yana “qora ro'xta” ga tushib, merosi va tarixiga taqlidlari urildi.

Shukurki, Tangri yorlaqab, bugun adolat qaror topganiga guvoh bo'lib turibmiz. O'tgan yili Toshkentda o'zgaruvchan xalqaro ilmiy konferensiyada qatnashar ekanman, tilimda shukrona tuyg'ulari jo'sh urib, ko'zim quvonch yoshlariga to'ldi.

Suhbatimiz yakunida O'zbekiston xalqiga va oliyhimmat Davlatboshimizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Juvonmarg bobolarning shodumon ruhlari qo'llasin. Otam Usmonxo'ja Po'latxo'jayevning arvohi ham ana shunday umidvor edi, deb o'ylayman. Mana, uning qirq yildan ortiq hayot kechirgan Buxorodagi xonadoni davlat tasarrufiga o'tkazilib, bu yerda birinchi jadidlar muzeyi tashkil qilinayotgan menda Vatanimga bo'lgan faxr tuyg'usini yanada kuchaytirdi. Otamning xotirasiga bo'lgan bunday hurmatni hech nima bilan tenglashtirolmayman. Muzeyning yaratilishi bizning bizning oilamiz, uchun balki butun o'zbek xalqi uchun ham tarixiy voqea bo'ldi. Men iftixor bilan ko'ksimni kerib baralla ayta olamanki, ona vatanim O'zbekistonning baxtli farzandiman!

– Mazmunli suhbat uchun tashakkur.

Sanobar MEHMON suhbatlashdi.

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 31-may | 23-son

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie