
Hokim — hududning rahbari, tuman(shahar)ning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga javobgar shaxs. Xuddi shunday, endilikda hokim yordamchisi o‘ziga biriktirilgan mahalladagi iqtisodiy balansni saqlashga, oilalarni daromadli qilishga, ishsizlikni yo‘qotishga, shu orqali hududdagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga mas’ul sanaladi. Shunday ekan, hokim yordamchisi ham endi hokim kabi o‘ylashi, fikrlashi, muammolar yechimi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishi kerak.
Qahramon QURONBOYEV,
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi, siyosiy fanlar doktori.


