
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlari uchun terma jamoaning yakuniy tarkibini maʼlum qildi.
Ular (ro‘yxatda jami 22 nafar futbolchi):
- Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
- Vladimir Nazarov (“Paxtakor”);
- Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”);
- Abduqodir Xusanov (“Lans”);
- Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”);
- Saidzamat Mirsaidov (“Olimpik”);
- Xusniddin Aliqulov (“Rizespor”);
- Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”);
- Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”);
- Ibroximxalil Yo‘ldoshev (“Qayrat”);
- Abdurauf Buriyev (“Paxtakor”);
- Bexruz Asqarov (“Paxtakor”);
- Jasur Jaloliddinov (“Neftchi”);
- Ibrohim Ibrohimov (“Paxtakor”);
- Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”);
- Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);
- Ruslan Jiyanov (“Navbahor”);
- Alisher Odilov (“Olimpik”);
- Oston O‘runov (“Persepolis”);
- Abbosbek Fayzullayev (“SSKA Moskva”);
- Eldor Shomurodov (Roma);
- Husain Norchayev (“Neftchi”).
Terma jamoa Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi bilan “C” guruhidan joy egallagan. 24-iyul kuni birinchi uchrashuv Ispaniyaga qarshi, 27-iyulda Misrga qarshi, uchinchisini esa 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkaziladi.


