
Ahmedova Bahora Maqsudovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining Matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Bahora Ahmedova 1984-yilda Farg’ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy: O‘zDJTU, Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
2006 - 2019-yil O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati “Yoshlar” telekanalida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.2019 - 2022-yil O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali» davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston 24” telekanalida muharrir;
2022 - yildan hozirgi vaqtga qadar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining multimedia studiyasi bo’limi boshlig’i sifatida faoliyat yuritgan.


