ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimedia koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimedia koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Toshkentda “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimedia koʻrgazmasi oʻtkaziladi
17-iyul, 2024

18-iyul kuni Tashkent City Mall savdo markazida jadidlarning ta’lim va maorif sohasidagi tashabbuslariga bag‘ishlangan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimedia ko‘rgazmasi ish boshlaydi.

Ko‘rgazmada Germaniyaga o‘qishga yuborilgan turkistonlik talabalarning tarixi ochib berilgan. Maxsus “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasi uchun savdo markazidan 1400 kvadrat metrdan ortiq maydon ajratildi.

Namoyishdan tarix fanlari nomzodi Bahrom Irzayev tomonidan to‘plangan arxiv materiallari orqali o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi vizual va audio installyatsiyalar bilan ta’minlangan bir qancha bo‘limlar o‘rin olgan.

“Umid qilamanki, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar 73 nafar talabadan iborat jadidlar avlodining mintaqamiz madaniy-ma’rifiy merosiga qo‘shgan hissasiga munosib baho berib, ularning bilim va yuksaklikka intilishlaridan ilhomlanadilar”, — dedi Bahrom Irzayev.

Unda nodir arxiv materiallari: maktublar, maqolalar va fotosuratlar ham namoyish etiladi. Ularning ko‘pchiligi birinchi marta jamoatchilikka taqdim etiladi.

XX asrning birinchi choragida Turkiston jadidlari ta’lim-tarbiya jamiyat taraqqiyotining eng ishonchli vositasi, deb hisoblaganlar. “Taraqqiy”, “Najot”, “Shuhrat”, “Samarqand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona” gazetalari hamda “Oyina” jurnali jamiyatni taraqqiyot yo‘liga olib borish maqsadida tashkil etilgan.

1922-yilning birinchi yarmida jadidlar yoshlarni chet ellarga ta’lim va madaniy almashinuvga tayyorlashda muhim rol o‘ynagan, ma’rifatparvarlik va milliy istiqlol g‘oyalarini yanada rivojlantirish uchun tayanch va minbar vazifasini o‘tagan “Ko‘mak” jamiyatini tuzgan.

Ko‘rgazmaga kirish pulli bo‘lib, chiptalarni iticket.uz saytidan olish mumkin, har kuni 10:00–22:00 oralig‘ida namoyishlarga borsa bo‘ladi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar