ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. INSON VA VATAN HURRIYATI

INSON VA VATAN HURRIYATI

INSON VA VATAN HURRIYATI
31-iyul, 2024

Yurtning har bir fuqarosini e’zozlagan, inson xotirasiga ehtirom ko‘rsatgan mamlakatda adolat hukmron bo‘ladi. Zero, har qanday odam tabiatan odil hukmga, yaxshi so‘zga hamisha zarurat sezadi. Erkin yashash qadim-qadimdan to hanuz zamin ahlining orzusidir. Bashariyat tarixida, xususan, biz guvohi bo‘lgan XX asrda shunday qabohatlar, xunrezlik va adolatsizliklar bo‘lgan ediki, unga nom topish mushkul. Xususan, 30-yillar qatlidan yuraklarda qolgan zaxm yaralari haliga qadar bitgani yo‘q.

O‘sha davrda hech bir gunohsiz qatlgohlarda o‘ldirilgan odamlar son-sanog‘ini bilmaymiz, to‘g‘risi. Ular orasida har bir millatning yuz ming­lab yuksak madaniyatli ziyolilari, olim va ulamolari bor edi. Ular bizning qavm-qarindoshimiz, ular bizning bobolarimiz, ular bizning shonli ildizimiz edi. Bu qatag‘on davri yurakni o‘rtaydi, xayolni iztirobli ko‘chalar tomonga bosh­laydi. Respublika Prezidenti tomonidan imzolangan “Siyosiy qata­g‘on qurboni bo‘lgan yurtdosh­larimiz hayoti va faoliyatini o‘rga­nish, targ‘ib etish hamda ular­ning xotirasini abadiy­lashtirish borasidagi ishlarni kengay­tirish to‘g‘risida”gi tarixiy qarorni o‘qib, to‘g‘risi, yana o‘yga toldim. Bunday vaziyatda fikr­lamaslik­ning, o‘ylamaslikning va qiyoslamaslikning hech iloji yo‘q.

Har gal qatag‘on qurbonlari xususida so‘z bor­gan­da beixtiyor bolalik damlarim ko‘z oldimga keladi. O‘zim guvohi bo‘lgan hodisalar kino­tasma kabi bir-bir ko‘z oldimdan o‘taveradi. To‘g‘ri, men 30-yillardagi xunrezliklarga shaxsan guvoh bo‘lganim yo‘q, ularni kattalardan eshitdim. Bi­roq 50-yillarda millat oydinlari boshiga yog‘ilgan balo-ofatni, xususan, Hamid Sulaymon, Maqsud Shayxzoda, Shuhrat domla, Said Ahmad, Mirzakolon Ismoiliy, Shukrullo kabi mashhur ziyolilarning tuhmatlar girdobi ichra ilojsiz qolgan kunlarini hali-hali eslayman. Qo‘rquv saltanatni egallagan sobiq ittifoqda erksizlik hukm surdi. Millat manfaati, milliy qadriyatlar, xususan, el-yurt kelajagi, baxt-u saodati uchun jon fido qilgan jadid ziyolilari xusu­sida so‘zlash mutlaqo mumkin emas edi. Ular tarix kitoblarida, darsliklarda nuqul salbiy sifatlar bilan haqoratlarga ko‘mib tashlanar edi. Holbuki, tari­xiy haqiqat mutlaqo ularga taqalgan “xalq dush­mani”, “badbin millatchi”, “burjuaziya malayi” kabi tushunchalarga aloqasiz ekanini ko‘rsatadi. Bu haqiqatni anglash uchun bizga Istiqlol lozim edi. Ayniqsa, keyingi yetti-sakkiz yil davomida Respublika Prezidentining shaxsiy tashabbusi bilan qatag‘onga uchragan minglab yurtdoshlar­ning nomi oqlandi, xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Kecha imzolangan qaror ham shu xayrli ishlarning davomi, albatta. Qatag‘on qurbonlarining tarixiy xizmatlari e’tiborga olinib, ular uchun muzeylar tashkil etilmoqda, filmlar suratga olinmoqda va bu ishlar jadal davom etayotir. Maqsad – inson va Vatan hurriyati bebaho ne’mat ekani to‘g‘risida bugungi yosh avlodga saboq berishdir. Men hozir iqtidorli yoshlar bilan birgaman. Ularning qalbini anglashga, quvonchlariga sherik bo‘lishga harakat qilaman. Ular bilan bo‘ladigan muloqot va suhbatlarimda nohaq qatag‘onga uchragan alloma bobolarimiz xususida so‘zlayman. Mening xotiralarim ular uchun gohida ertakdek eshitilishi­ni ham sezib turaman. Biroq yaqin tarixdagi nohaqliklarni yoshlarga chuqur anglatishimiz va ular qalbida shu moʻtabar tuproq uchun jon fido qilgan fidoyilarga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish va bu tuyg‘uni kuchaytirishimiz kerak. Shu o‘rinda men yoshlarga murojaat qilib shunday demoqchiman:

Aziz yoshlar, tarixni xolis va chuqur o‘rganib, undan ibratli xulosalar chiqarishni kasb eting. Qadr­don bolalarim, bizning allomalar boshiga kelgan musibatli kunlar aslo takrorlanmasligi uchun astoydil o‘qing, yuksak marralarga erishing, o‘z vaqtida dunyo ahliga murabbiy bo‘lgan ajdodlarga munosib davomchi bo‘ling. Ishonchim komilki, bu tabarruk yo‘lda sizga butun O‘zbekiston ahli yordamchi bo‘ladi, albatta.

Oqil SALIMOV, akademik

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar