
Xabaringiz bor yurtimiz bo‘ylab, mustaqillikning 33 yilligiga bag‘ishlangan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ma’naviyat festivallari o‘tkazib kelinmoqda.
"Ma’naviyat festivallari" ning asosiy maqsadi o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda “Ma’naviyat o‘zi nima? Ma’naviyat festivallari nega kerak?”deb yozilgan tanqidiy fikrlarga ham ko‘zimiz tushadi. Ushbu fikrlarga Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti, professor Jamila Shermuhammedova o‘z munosabatini bildirdi.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov(video), O‘zA


