ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. MUMTOZ MAHAL BEGIM

MUMTOZ MAHAL BEGIM

MUMTOZ MAHAL BEGIM
10-avgust, 2024

MUMTOZ MAHAL BEGIM – uning asli nomi Arjumand bonu edi. Uning kelib chiqishi eronlik bo‘lib, bobosi, ota-onasi kambag‘allik yuzasidan Ak­barshoh davrida Erondan Hindistonga ko‘chib kelgan edilar. Arjumand bonu­ning bobosi Akbarshoh xizmatiga ki­radi. Arjumand bonuning ammasi Nurjahon begim 1611-yilda Jahon­girshohga turmushga chiqqach, Arjumand bonuning bobosi E’timod-ud Davla bosh vazirlik lavozimiga ko‘tariladi. Otasi E’tiqodxon — (keyinchalik) Osafxon saroy boshqaruvchisi lavozimiga belgilanadi. 1613-yilda 19 yoshli Arjumand bonu 21 yoshli shahzoda Xurramga (Shoh Jahon) turmushga chiqadi. O‘tkir aql-idrok sohibasi bo‘lmish Arjumand bonu tez kunda o‘zining tadbirkorligi, nozik tabia­ti, iffati va tengi yo‘q husni bilan saroy a’yonlari o‘rtasida katta e’tibor qozonadi. Xususan, Jahongirshoh kelini Arju­mand bonuni nihoyatda e’zozlardi. Shuning uchun bo‘lsa kerak ko‘p o‘tmay, Arjumand bonu saroyda Mumtoz Mahal begim (saroy­ning ko‘rki) nomi bilan atalaboshlaydi.

Jahongirshoh bilan shahzoda Xurramning oralarida chiqqan ayrim kelishmovchiliklarni Mumtoz Mahal hal qilishga kiri­shar va bu ishni uddasidan chiqardi ham. Shuning uchun har ikki tomonning iltifotiga sazovor bo‘lardi.

Shoh Jahon 1628-yil fevral oyida taxtga o‘tirgach, yosh mali­ka Mumtoz Mahal begim davlat ishlarida eriga yordamlashar va doim rejalik maslahatlaribilan erini to‘g‘ri yo‘lga boshlar­di. Binobarin, u saroyda shoh maslahatchisi va muhrdorlik la­vozimlarini egallaydi. Mumtoz Mahal begim yaxshi kunlarda ham harbiy safarlarda ham eriga vafodor hamroh va jafokash hamdard bo‘lgan. Mumtoz Mahal begim 1631-yili navbatdagi sa­farlardan birida, Burhonpur shahrida o‘n to‘rtinchi farzandi­ni tug‘ish asnosida 38 yoshida vafot etadi. Mumtoz Mahal begim hayot bilan vidolasharkan, eri Shoh Jahondan farzandlariga mehribon bo‘lishini, boshqa uylanmaslikni va nihoyat unga atab dunyoda tengi yo‘q hashamatli bir maqbara bunyod ettirishni il­timos qiladi.

Shox Jahon sevimli malikasi Mumtoz Mahal begimning va­siyatlarini bajaradi. Zotan, u keyingi 36 yillik umri davo­mida uylanmay o‘tadi. Munis, vafodor rafiqasining nomini abadiylashtirish maqsadida unga atab yaltiroq oq marmardan maqbara qurdiradi. Maqbaraga Mumtoz Mahalning boshiga qo‘y­ilgan toj ramzida “Toj Mahal” deb nom beradi.

Mumtoz Mahal begim o‘lim oldidan o‘z bolalari bilan vi­dolasharkan, Shoh Jahonning ahvolidan xabardor bo‘lib, unga g‘amxo‘rlik qilib turishni katta qizi Jahonoro begim zimma­siga yuklaydi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar