ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. TO‘MARIS

TO‘MARIS

TO‘MARIS
10-avgust, 2024

Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda.

        TO‘MARIS (mil.av. VI asr) – Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qa­dimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil.av. V asr) asarida yozilishicha, ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530-yilda Turonga bostirib kirganida, To‘maris massagetlar qabilasining malikasi bo‘lgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo‘ylari va Qizilqumda yashashgan. To‘maris massagetlar podshosining xoti­ni bo‘lib, u erining vafotidan so‘ng davlatni boshqargan.

       Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. Dastlabki jangda To‘mari­sning o‘g‘li Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massaget­lar g‘olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo‘li bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, or nomusga chiday olmagan Spargalis o‘zini o‘ldirgan. To‘maris o‘g‘­lining halokatidan esankirab qolmay, o‘z xalqining manfaa­tini o‘ylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so‘raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o‘rta­da ayovsiz jang bo‘lgan.

        Gerodot massagetlar va forslar o‘rtasidagi jang tafei­lotlarini o‘z asarida quyidagicha tasvirlaydi: “Mening bili­shimcha, bu jang barcha janglardan ham dahshatli bo‘lgan. Avval har ikkala qo‘shin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan o‘qqa tutdilar. Kamon o‘klari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Ko‘p qon to‘kildi. Nihoyat, massagetlar g‘alaba qozondilar. Fors qo‘shinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok bo‘l­gan. U to‘liq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi to­pilgach, malika To‘marisning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn to‘lg‘azilgan meshga solingan”.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar