ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. ⚡️Prezident murabbiy Akmal Hasanovning qirgʻizistonlik bokschiga yordam berganini alohida e’tirof etdi

⚡️Prezident murabbiy Akmal Hasanovning qirgʻizistonlik bokschiga yordam berganini alohida e’tirof etdi

⚡️Prezident murabbiy Akmal Hasanovning qirgʻizistonlik bokschiga yordam berganini alohida e’tirof etdi
28-avgust, 2024

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari oʻgʻil-qizlarni 33-yozgi Olimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etib, erishgan ulkan tarixiy gʻalabasi bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy muborakbod etdi.

“Dunyoning 200 dan ziyod davlatidan 11 ming nafarga yaqin eng mashhur sportchilar qatnashgan ushbu nufuzli sport anjumani biz uchun tom maʼnoda rekordlar, mislsiz yutuqlarga boy boʻldi.

Avvalo, mazkur Olimpiadada Oʻzbekiston birinchi marta eng koʻp tarkib bilan, yaʼni, 19 ta sport turi boʻyicha 90 nafar sportchi bilan ishtirok etganini taʼkidlash lozim.

Ayniqsa, ayollar kurashi, kamondan oʻq otish, suvga sakrash, futbol kabi sport turlari boʻyicha sportchilarimiz ilk bor Olimpiya oʻyinlarida qatnashganini alohida eʼtirof etish kerak”,
— dedi Prezident.

Prezident barchamiz guvohi boʻlgan yana bir muhim jihatni aytib oʻtdi.

Sportchilarimizning ulkan gʻalabalari nafaqat xalqimizni, balki butun mintaqamizni ruhlantirib yubordi. Bunday yutuqlar xalqlarimizni birdamlikka, har qanday sharoitda ham yelkama-yelka turishga chorlagani qalbimizni faxru gʻururga toʻldirdi.

Ayniqsa, boks boʻyicha oʻzbek murabbiysi Akmal Hasanov qirgʻizistonlik bokschi Munarbek Seyitbek oʻgʻliga yordam berib, uni musobaqaning finaligacha borishida koʻmaklashgani mintaqamizdagi doʻstona munosabatning yorqin namunasi boʻldi.

“Ahil qoʻshnichilik tamoyillariga qurilgan siyosatimiz bugun xalqlarimiz yuragiga koʻchganini koʻrish albatta quvonchlidir”,
— dedi davlatimiz rahbari.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar