
4-oktyabr. 1938-yil. O‘zbek xalqi tarixiga eng qayg‘uli va qonli kun sifatida muhrlangan sana. 86 yil muqaddam millat gullari, xalq fidoiylari, ma’rifat tarafdorlari jisman yo‘q qilingan kun...
O‘sha mash’um kecha.... Va har 57 sekundda bir qatl....
O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning “Bahordan bir kun oldin” nomli kitobida ozodlik, ma’rifat yo‘lida qurbon bo‘lgan har bir ziyoli haqida yozilgan.
Jurnalist Eshqobil Shukur kitob muallifi bilan o‘sha qayg‘uli kun haqida, kitobning mazmuni xususida suhbatlashdi.


