
Amerika Pediatrlari Uyushmasi tadqiqotlarining natijasiga ko'ra, bola bilan har kuni 15 daqiqa davomida kitob mutolaa qilishning foydasi katta ekan.
1. Televizordagi berilayotgan "lug’at"dan ko’ra kitobda berilayotgan matndagi "lug’at" ikki barobar ko’pdir.
2. Bola miyasining 90%i uning 3 yoshiga qadar rivojlanib bo’ladi. Shu davrda bolaga kitob o’qib berish miya rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
3. Kuniga 15 daqiqa davomida bolaga kitob o’qib berilsa, u 1 yil mobaynida 1 millionga yaqin yangi so’zni eshitgan bo’ladi.
4. Yoshligidan kitob o’qishga odatlangan bolada til nuqsonlari, gapirishda qiyinchiliklar bo’lishi kam namoyon bo’ladi.
5. Bolaning maktab yoshigacha bo’lgan davrida ota-onasi bilan kitob o’qishi, uni maktab davrida kitobga qiziquvchanligi oshishiga olib keladi.
6. Kitob tili adabiy va chiroylidir.
7. Kitobdan olingan ma’lumot televizor, internet va radiodagi qabul qilingan ma’lumotdan ko’ra ko’proq miyaga ijobiy ta’sir qiladi. Undan tashqari kitob o’qish zehnni charxlab, bola diqqatini bir joyda uzoq vaqt ushlay olish qobiliyatini kuchaytiradi.
8. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ko’p kitob o’qib berilgan bo’lsa, ular 1-sinfga qadar boshqalarga nisbatan tezroq alifbeni o’rganadi, 20 gacha sanay oladi va o’z ismlarini yoza oladi.
9. O’qish bolaning bilimlari asosidir.
10. Kitobni qiziqish va ishtiyoq bilan bolaga o’qib berish, keyinchalik unda kitobga mehr uyg’onishiga olib keladi.
Kuniga 20-30 daqiqa vaqtingizni farzandingiz uchun ayamang!


