ManaviyatRespublikaMa'naviyat vama'rifat markazi
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
  • Bosh sahifa
  • Markaz haqida
  • Tuzilma
  • Yangiliklar
  • Mediateka
  • Maqolalar
  • E-Kutubxona
KirishRo'yxatdan o'tish
Manaviyat

Millatning manaviy yuksalishi yo'lida

Ijtimoiy tarmoqlar

Sayt

  • Biz haqimizda
  • Missiya
  • Rahbariyat
  • Jamoa
  • Tarix

Yo'nalishlar

  • Manaviyat
  • Ta'lim
  • Madaniyat
  • Yoshlar siyosati
  • Tarix

Manbalar

  • Yangiliklar
  • Loyihalar
  • Tadbirlar
  • Nashrlar
  • Media arxiv

Aloqa

  • Bog'lanish
  • Manzil
  • Ishga joylashish
  • Matbuot
© 2026 Manaviyat. Barcha huquqlar himoyalangan.
Maxfiylik siyosatiFoydalanish shartlariCookie
  1. Bosh sahifa›
  2. Yangiliklar›
  3. O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amirini milliy bayram - Davlatga asos solingan kun bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amirini milliy bayram - Davlatga asos solingan kun bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Qatar Amirini milliy bayram - Davlatga asos solingan kun bilan tabrikladi
17-dekabr, 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan 17-dekabr kuni qilgan telefon orqali suhbatda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish va investitsiya loyihalarini ilgari surish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Qatar Amirini milliy bayram - Davlatga asos solingan kun bilan samimiy qutlab, unga sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do‘st Qatar xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Faol muloqot va almashinuvlar natijalari ijobiy baholandi. Joriy yilning noyabr oyida Doha shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va biznes forumi samarali o‘tdi. Oktyabr oyida Toshkent shahrida Qatar madaniyati haftaligi tadbirlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energetika, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Poytaxtlar o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qilmoqda.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari 2025-yilda bo‘lajak tadbirlar rejasiga, shu jumladan "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratdilar.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

O'xshash yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Mustaqillik to‘yi” festivali yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Tarixni anglagan avlod — kelajakni ishonch bilan quradi!

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar

Talqini ming xil kuy – Murod Muhammad Do‘st portretiga chizgilar